fbpx
Feta pishlog’i va cherri pomidorili pasta

Feta pishlog’i va cherri pomidorili pasta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun biz sizga instagram va tik-tokda ulkan shuhrat qozongan makaronni qanday tayyorlashni ko’rsatamiz. U mayin, yoqimli qaymoq va pomidor ta’miga ega bo’lib pishadi.

Agar siz ushbu makaronni hali tayyorlab ko’rmagan bo’lsangiz, albatta sinab ko’rishingizni tavsiya qilamiz. Bu nafaqat mazali, balki juda oson tayyorlanadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 44 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
180 gramm feta pishlog'i
250 gramm istalgan pasta
350 gramm pomidor cherry
6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra oregano
50 millilitr zaytun moyi
Qadam 1
Tugallandi

Qayla tayyorlaymiz:

Cherri pomidorlarini ikkiga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Toblatma uchun mo'ljallangan idishning o'rtasiga feta pishlog'i, yonlariga pomidorlar va butun sarimsoqpiyoz tishchalarini terib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Zaytun moyi surtib, tuz va oregano sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pasta tayyorlaymiz:

Qayla tayyor bo'lishidan 10 daqiqa avval pastani qadoqida ko'rsatilganidek qaynab turgan sho'r suvda qaynatib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pastani suvini to'kamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor qaylani sanchqida ozroq ezib aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ngra pastani solib, aralashtirib, dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
180 gramm feta pishlog'i
250 gramm istalgan pasta
350 gramm pomidor cherry
6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra oregano
50 millilitr zaytun moyi
oldingi
Videoretsept: sabzavotli yorqin salat
keyingi
Karamel va yong’oqli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.