«Dangasa» tovuq oyoqchalari
Masalliqlar:
-
5 ta tovuq oyoqchalari
-
2 ta qizil sabzi
-
2 ta piyoz
-
1 banka konservalangan makkajo'xori
-
1 piyola guruch
-
500 millilitr bulyon uchun suv
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Pazandachilikda hech narsadan xabari yo’q, endi o’rganishni boshlayotganlar ham pishira oladigan oddiy va mazali retseptlarimizdan birini bugun sizlarga taklif qilamiz.
Bu taomni bekorga «dangasa» deb atamaydilar, chunki kerakli masalliqlarni pishiriq idishiga solasiz bo’ldi. Taomning o’zi maromiga yetib pishadi.
Masalliqlar:
5 ta tovuq oyoqchalari | |
2 ta qizil sabzi | |
2 ta piyoz | |
1 banka konservalangan makkajo'xori | |
1 piyola guruch | |
500 millilitr bulyon uchun suv | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika) | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Makkajo'xori suvini to'kib yuboramiz. Piyozni mayda to'g'rab olamiz. Sabzini qirg'ichdan o'tkazamiz. Tovaga yog'ni solamiz va piyoz bilan sabzini qovurib olamiz.
Ustidan yuvilgan guruch va konservalangan makkajo'xorini solamiz va aralashtiramiz.
So'ng duxovkada pishirishga mo'ljallangan idish olamiz va ichiga guruchli aralashmamizni solamiz.
Ustidan suv yoki bulyon quyamiz.
Tovuq oyoqchalarini yuvib, ziravorlardan sepamiz va guruchli aralashmani ichiga solamiz.
Ustini zar qog'oz bilan yopib, gaz pechida pishirib olamiz.
200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soat davomida pishirib olamiz.
Dasturxonga to'g'ralgan ko'katlar bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
5 ta tovuq oyoqchalari | |
2 ta qizil sabzi | |
2 ta piyoz | |
1 banka konservalangan makkajo'xori | |
1 piyola guruch | |
500 millilitr bulyon uchun suv | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika) | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i |