Choyxona palov
Masalliqlar:
-
1 kilo qo'y go'shti
-
300 gramm dumba yog'i
-
1.2 kilo sabzi
-
1 kilo guruch
-
2 bosh sarimsoqpiyoz
-
300 gramm piyoz
-
50 gramm tuz"40 qaroqchi" navi
-
15 gramm zira
-
800-1000 millilitr suv
-
Yo’nalishlar
Choyxona palov eng mazali oshlardan biri bo’lib, aynan shu palobni ko’pchilik o’z uyida tayyorlaydi.
Bunda faqat qo’y go’shti va yog’idan foydalanamiz.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 45 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo qo'y go'shti | |
300 gramm dumba yog'i | |
1.2 kilo sabzi | |
1 kilo guruch | |
2 bosh sarimsoqpiyoz | |
300 gramm piyoz | |
50 gramm tuz | |
15 gramm zira | |
800-1000 millilitr suv | |
Qozonga to'g'ralgan dumba yog'inis olib, yaxshilab eritamiz. Faqat jizi qolgandan so'ng esa, qozondan terib olamiz.
Parrak qilib to'g'ralgan piyozni solib, tillarangga kirgunicha qovuramiz.
Ustidan o'rtacha kattalikda to'g'ralgan go'sht bo'laklarini solib, qizartirib qovurib olamiz.
Ustidan somoncha qilib to'g'ralgan sabzini solib, birga qovuramiz. Yarim tayyor bo'lgunicha qovurishda davom etamiz.
So'ng 800 millilitr suv quyib, ustidan sarimsoqpiyoz va achchiq qalampirni teramiz, qopqpg'ini yopib, 40 daqiqa dimlab qo'yamiz.
Zirvak tayyor bo'lguncha, guruchni yuvib, tuz solingan iliq suvga ivitib qo'yamiz.
So'ng ochib, qalampir bilan sarimsoqpiyozni olamiz va tuz bilan zirani sepamiz. Aralashtirib olamiz. Ustidan guruchni solamiz.
Qopqog'ini 5 daqiqaga yopamiz. So'ng ochib, yana aralashtirib olamiz. Faqat go'shtga tegmaslikka harakat qilamiz.
Shu holatni suvi bug'lanib ketgunga qadar takrorlaymiz.
So'ng guruchini tepalikka o'xshab yig'amiz va ustini yopib, 15-20 daqiqaga dimlab qo'yamiz.
Oshni tortishdan avval yaxshilab aralashtiramiz va shundan so'ng suzamiz. Qaynatilgan bedana tuxumlari va qazi bo'laklari bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo qo'y go'shti | |
300 gramm dumba yog'i | |
1.2 kilo sabzi | |
1 kilo guruch | |
2 bosh sarimsoqpiyoz | |
300 gramm piyoz | |
50 gramm tuz | |
15 gramm zira | |
800-1000 millilitr suv | |