fbpx
Burgundcha usulda pishirilgan go’sht

Burgundcha usulda pishirilgan go’sht

Masalliqlar:

  • Grani buketi uchun:

Yo’nalishlar

Burgundcha usulda pishiriladigan milliy taomning qanday tayyorlanilishi haqida bugun gapirib beramiz.

Uning asosini yumshab pishgan mol go’shti va sabzavotlar tashkil qiladi.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 75 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm qizil sabzi
1 osh qoshiq pomidor pastasi
650 millilitr qizil quruq vino
1 osh qoshiq un
20 gramm sariyog'
300 gramm shampinyon
qovurish uchun zaytun yoki o'simlik yog'i
Grani buketi uchun:
2 shoxcha selderey
2 shoxcha petrushka
2 ta lavr yaprog'i
2 shoxcha timyan
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni yuvib, quritamiz. So'ng ularni sal kattaroq qilib to'tburchak shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qozonga yog'ni quyib, go'shtni qovurib olamiz.

Sal qizargandan so'ng esa toblatmalarga mo'ljallangan qopqoqli idishga olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida tovaga sariyog'ni solib eritamiz.

Piyoz va sarimsoqpiyozni solib, qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Piyoz ustdidan pomidor pastasini solib aralashtiramiz. So'ng unni solib, aralashtirib olamiz va 1 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qizil vino quyamiz va 2 daqiqacha qizdiramiz.

So'ng tovadagi masalliqlarni go'sht solingan qolipga solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sabzini qalinroq parrak qilib to'g'rab, qolipga solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ko'katlarni olib, ip bilan bog'laymiz. Qolipdagi masalliqlar ustiga qo'yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qolipni qopqog'ini yopib, 170 C darajada qizigan pechda 2.5 soat davomida pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qo'ziqorinni yuvib parrak qilib to'g'raymiz. Zaytun yog'ida 5-7 daqiqa davomida qovurib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor bo'lishiga 10 daqiqa qolganda masalliqlar ustidan qo'ziqorinni solamiz. Tuz va murch sepib, qopqoqsiz yana 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shti
1 bosh piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm qizil sabzi
1 osh qoshiq pomidor pastasi
650 millilitr qizil quruq vino
1 osh qoshiq un
20 gramm sariyog'
300 gramm shampinyon
qovurish uchun zaytun yoki o'simlik yog'i
Grani buketi uchun:
2 shoxcha selderey
2 shoxcha petrushka
2 ta lavr yaprog'i
2 shoxcha timyan
oldingi
Pomidor va feta pishlog’i bilan pishirilgan guruch
keyingi
Videoretsept: guriyacha xachapuri

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.