Brinza solingan lavashli konvertchalar
Masalliqlar:
-
270 gramm lavash
-
280 gramm brinza
-
3 ta pomidor
-
25 gramm smetana
-
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Yo’nalishlar
Lavash – juda tez tayyorlaniladigan va tig’iz paytlarda qo’llaydigan universal mahsulotlardan biridir. Undan qilinadigan yeguliklar ichiga xohlagan masallilardan solish mumkin.
Bizlar bugun unga brinza va pomidorlardan solib pishirdik va retseptini sizlar bilan bo’lishamiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
270 gramm lavash | |
280 gramm brinza | |
3 ta pomidor | |
25 gramm smetana | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi |
Brinzani qirg'ichdan chiqarib olamiz. Pomidorlarni to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. Sarimsoq piyoz tishchasini qirg'ichdan chiqarib, smetana bilan birga aralashtirib olamiz.
Lavashni uzunchoq shaklda kesib chiqamiz. Bir chetiga qirg'ichdan chiqarilgan brinza, ustidan pomidor va ozroq smetanali aralashmadan quyamiz. Lavashdan konvertchalar yasab, tagi olmaydigan tovada ikkala tomonini qizartirib qovurib olamiz.
Lavashlarni issiqligida dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
270 gramm lavash | |
280 gramm brinza | |
3 ta pomidor | |
25 gramm smetana | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi |