fbpx
  • Asosiy
  • Breadly kafesidan retsept: Briosh fransuzcha bulochkalar
Breadly kafesidan retsept: Briosh fransuzcha bulochkalar

Breadly kafesidan retsept: Briosh fransuzcha bulochkalar

Masalliqlar:

  • Opara uchun:

  • Xamiriga:

Yo’nalishlar

Briosh — oshirma xamirdan pishiriladigan fransuzcha bulochkalar bo’lib, juda chiroyli ko’rinishga ega bo’lib, mazali ta’mi ham sizni quvontiradi. 

Breadlyda bunday bulochkalarni gamburgerlar uchun tayyorlaniladi. Endilikda esa siz bunday pishiriqlarni o’zingiz ham tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Masalliqlar:

Opara uchun:
50 millilitr iliq suv
10 gramm shakar
8 gramm quruq xamirturush
Xamiriga:
500 gramm yuqori navli un
10 gramm tuz
20 gramm shakar
10 gramm qabartma
50 gramm eritilgan sariyog'
1 ta tuxum
40 gramm kefir
250 millilitr iliq sut
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Opara

50 millilitr iliq suvga shakarni solib aralashtiramiz.
Breadly oshpazlaridan tavsiya: suvning harorati 35°C bo'lishi juda muhim. So'ng xamirturushni solib, aralashtiramiz. Yelvizak bo'lmagan iliq joyda, 10 daqiqaga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

10 daqiqa o'tib, oparamiz 3 hissaga oshadi. Katta idishga un, qabartma va tuzni elab solamiz. Alohida idishda eritilgan sariyog'ni kefir bilan aralashtirib olamiz. Sariyog' iliq bo'lsin. Un ustidan qolgan shakar, ko'pirtirilgan tuxum, eritilgan sariyog' va iliq sutni solamiz. Xamir qoramiz. Xamir yumshoq, qo'lga yopishadigan bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Bu suyuq xamirni yaxshilab to'mtoqlaymiz ya'ni "uramiz". Stol ustiga un sepamiz, xamirni aylana shaklga keltirib, bir qo'l bilan otib, ikkinchisi bilan yana olamiz. Shu jarayonni ko'p marotaba takrorlaymiz. So'ng pishiriq kurakchasini olib, xamirni teng bo'lakchalarga bo'lamiz. So'ng hammasini yana birlashtirib, uramiz. Shundan so'ng, xamirning holati ancha o'zgarib, silliq ko'rinishga kiradi.

Qadam 5
Tugallandi

Urilgan xamirimizni qayta idishga solib, ustini yelim qog'oz bilan yopamiz va 20 daqiqaga iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng xamirni olib, yana bir bor mushtlaymiz. Ustini yopib, yana 30 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ng qo'limizni yog'lab olamiz va xamirni teng bo'laklarga bo'lamiz. Xamirli koptokchalarni patnisga terib, 20 daqiqa iliq joyda qoldiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Patnis yoki qolipni yog'lab, ustidan xamirchalarni terib chiqamiz. Tuxumdan surtib, ustiga sedana urug'laridan sepamiz. So'ng yana iliq joyda 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

170 C darajada qizdirilgan gaz pechida 12 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Opara uchun:
50 millilitr iliq suv
10 gramm shakar
8 gramm quruq xamirturush
Xamiriga:
500 gramm yuqori navli un
10 gramm tuz
20 gramm shakar
10 gramm qabartma
50 gramm eritilgan sariyog'
1 ta tuxum
40 gramm kefir
250 millilitr iliq sut
oldingi
Kartoshka va rediskali salat
keyingi
Kartoshka va zaytun mevalari qo’shib pishirilgan tovuq

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.