Bolalar bog’chasidagidek bulochkalar
Masalliqlar:
-
300 gramm un
-
130 millilitr suv
-
70 gramm shakar
-
10 gramm quruq xamirturush
-
60 gramm yumshatilgan sariyog'
-
bir chimdim tuz
-
ustiga surtish uchun tuxum
Yo’nalishlar
Xushbo’y oshirma xamirdan tayyorlangan bulochkalarning ajoyib retsepti. Bunday mazali va shirin bulochkalarni bolalar bog’chalarida tayyorlab, sut bilan dasturxonga tortishar edi.
Ushbu bulochkalardan hech qanday bolakay bosh tortmaydi. Shunday ekan, tezroq tayyorlaylik.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
300 gramm un | |
130 millilitr suv | |
70 gramm shakar | |
10 gramm quruq xamirturush | |
60 gramm yumshatilgan sariyog' | |
bir chimdim tuz | |
ustiga surtish uchun tuxum |
Idishga unning ko'p qismini solib, ustidan xamirturush solamiz.
Iliq suv solib, 1 osh qoshiq shakar solamiz va aralashtiramiz. Ustin yopishqoq plyonka bilan yopib, 20-30 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.
Hosil bo'lgan oparaga qolgan shakar, un, eritilgan sariyog' va bir chimdim tuz solamiz. Xamir qoramiz.
Hosil bo'lgan xamirni o'simlik yog'i bilan yog'langan toza idishga solib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va 1-1,5 soat tindiramiz.
Xamirni idishdan olib, ozroq un sepilgan stolda qoramiz va 7 ta bo'lakka bo'lamiz. Bo'laklarni dumaloqlab, o'simlik yog'i surtilgan qolipga terib chiqamiz.
Har bir bo'lakchlarga ko'pirtirilgan tuxum surtib, so'ngra ustini sochiq bilan yopamiz va 15-20 daqiqaga qoldiramiz.
Masalliqlar:
300 gramm un | |
130 millilitr suv | |
70 gramm shakar | |
10 gramm quruq xamirturush | |
60 gramm yumshatilgan sariyog' | |
bir chimdim tuz | |
ustiga surtish uchun tuxum |