fbpx
Batafsil fotoretsept: «Twix» shokoladi

Batafsil fotoretsept: «Twix» shokoladi

Masalliqlar:

  • Karamelli asosiga:

Yo’nalishlar

Uy sharoitida siz ham «Twix» shokoladidan tayyorlab ko’ring. Pishirish jarayoni garchi qiyindek ko’rinsa ham, ammo umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Bu shirinlik katta-yu kichikka birdek manzur kelishi aniqdir, chunki uning ta’mi haqiqiy «twix» dan umuman farq qilmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi

Masalliqlar:

200 gramm un
50 gramm shakar
1 dona tuxum
100 gramm sariyog'
Karamelli asosiga:
380 gramm quyultirilgan sut
20 gramm sariyog'
200 gramm sutli shokolad
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unni yumshoq sariyog' bilan birga qo'lda ishqalab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum va shakarni solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yumshoqina xamir qorib olamiz va xamirni 15 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tingan xamirni yupqa yoyib, 180 C darajada qizigan pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir pishguniga qadar karamelni tayyorlab olamiz. Buning uchun quyultirilgan sut va sariyog'ni qozonchaga solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Gazga qo'yib, karamelsimon rangga kirgunicha qaynatamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirning iliqligida karamelni tekis qilib surtib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirdan uzun tayoqchalar kesib chiqamiz va eritilgan shokoladga botirib chiqamiz. Har tarafi shokoladga belangan tayoqchalarni pech panjarasiga terib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Qoshiq bilan shokoladga naqshlar berib, 15-20 daqiqa qotishi uchun muzlatgichga olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm un
50 gramm shakar
1 dona tuxum
100 gramm sariyog'
Karamelli asosiga:
380 gramm quyultirilgan sut
20 gramm sariyog'
200 gramm sutli shokolad
oldingi
Tvorogli bulochkalar
keyingi
Yelim xaltachada tayyorlanadigan kam tuzli bodring

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.