fbpx
Batafsil fotoretsept: «Молочная девочка» yoki «Sutli qiz» torti

Batafsil fotoretsept: «Молочная девочка» yoki «Sutli qiz» torti

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Krem uchun

Yo’nalishlar

«Молочная девочка» yoki «Sutli qiz» — bu quyultirilgan sut asosidagi qatlamlar va tvorogli pishloq, maskarpone va quyultirilgan sut asosidagi kremdan iborat tort. Bu retsept ko’p vaqtni olmaydi, ammo natijasi barchani hayratda qoldiradi. Mayin, yumshoq  qatlamlar tvorogli pishloq va quyultirilgan sutdan tayyorlanadigan qaymoqli muzqaymoq ta’mli krem bilan birgalikda mukammal uyg’unlik yaratadi.

Bu retseptda biz Dr. Bakers mahsulotlaridan foydalandik — bu biz sevib ishlatadigan Dr. Oetker pishiriqlar uchun mahsulotlarining yangi nomi. Brendning nomi o’zgargan bo’lsada, sifati o’sha-o’sha baland darajada qoldi. Qadoqlar dizayni ham o’zgarmadi, shuning uchun Dr. Bakers mahsulotlarini osonlikcha do’konlarda topishingiz mumkin.  

Tayyor taomning taxminiy narxi – 130 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
2 ta tuxum
380 gramm quyultirilgan sut
5 gramm Dr. Bakers qabartmasi
200 gramm un
Krem uchun
500 gramm tvorogli pishloq
250 gramm maskarpone pishlog'i
150 gramm quyultirilgan sut
8 gramm Dr. Bakers vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qatlamlarni tayyorlaymiz

Chuqur idishda tuxumlarni ko’pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Quyultirilgan sut qo’shib yana mikserda aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Quruq masalliqlar - elangan un va qabartmani birlashtirib, suyuq masalliqlar bilan aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pergament qog’oziga 20 sm diametrlik dumaloq chizamiz. 1.5-2 osh qoshiq xamir solib, dumaloq shakl ichida tekkislaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

200º С darajada 5-7 daqiqa davomida pishiramiz. Pechdan chiqarib, yangi pergament qog’ozi ustiga aylantiramiz. Xuddi shunday qilib barcha qatlamlarni pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni butunlay sovutamiz. Agar xamir qatlami qalinroq pishgan bo’lsa, ortiqchasini pichoq bilan kesib tashlash mumkin.

Qadam 8
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz

Chuqur idishda tvorogli pishloq, quyultirilgan sut va maskarponeni birlashtiramiz. Vanil shakari qo’shib mikser yordamida aralashtiramiz. Kremni sovutgichga yarim soatga qo’yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tarelka ustiga yechiladigan qolip qo’yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tarelka ustiga biroz krem surtib, birinchi qatlamni yopishtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Qatlam ustiga 2-3 osh qoshiq krem solib, tekkislaymiz. Ustiga yana xamir qatlamini qo’yib yana krem surtamiz, va barchasini shunday qilamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tort ustiga krem surtib, 2 soatga sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Sovutilgan kremni qolipdan chiqarib, chetlariga krem surtamiz va tekkislaymiz.

Qadam 14
Tugallandi

Tayyor tortni sovutgichga 2 soatga olib qo’yamiz. Xohishga ko’ra rezavor mevalar bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!


Reklama huquqi asosida.

  • 2 soatdan ortiq
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 200ºС

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
2 ta tuxum
380 gramm quyultirilgan sut
5 gramm Dr. Bakers qabartmasi
200 gramm un
Krem uchun
500 gramm tvorogli pishloq
250 gramm maskarpone pishlog'i
150 gramm quyultirilgan sut
8 gramm Dr. Bakers vanil shakari
oldingi
Videoretsept: chak-chak
keyingi
Videoretsept: 2 ta masalliqdan brauni

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.