fbpx
Baqlajondan pashtet

Baqlajondan pashtet

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tez va oson tayyorlanadigan, sarimsoqpiyoz, yong’oq va ko’kat qo’shilgan to’yimli va foydali baqlajondan pashtet. Uning ta’mi juda ham mayin va totli. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta katta baqlajon
1 ta sarimsoqpiyoz
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq zaytun yog'i
1 bog' petrushka
70 gramm yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Baqlajonni yuvib, bir nechta joyini sanchqi bilan teshamiz. Sarimsoqpiyoz tepasini kesamiz, biroz tozalab folga o’rtasiga qo’yamiz. Ustiga zaytun yog’i quyamiz, biroz tuz sepib, folgaga o’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sabzavotlarni patnisga qo’yib 40 daqiqaga 200C haroratga pechga qo’yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tayyor baqlajonni sovutib, ikkiga bo’lamiz va po’stlog’ini tozalab katta bo’laklarga bo’lamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Blender idishiga baqlajon, petrushka, yong’oq, pishgan sarimsoqpiyoz va tuzni solamiz. Barcha masalliqlarni pashtet holatiga keltiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pashtetni tayyor bo’lishi bilan iste’mol qilish mumkin.

Sovutgichda 5 kun davomida qattiq qopqoqli idishda saqlash mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 35 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta katta baqlajon
1 ta sarimsoqpiyoz
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq zaytun yog'i
1 bog' petrushka
70 gramm yong'oq
oldingi
Videoretsept: ko’katli qatlama
keyingi
Videoretsept: gulsimon pirojkilar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.