Baqlajon va tovuqdan iliq salat
Masalliqlar:
-
250 gramm tovuq go'shti
-
180 gramm baqlajon
-
280 gramm pomidor
-
200 gramm bodring
-
40 gramm qizil piyozyoki oddiy
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
Aralashmasiga:
-
100 millilitr smetana
-
15 millilitr soya qaylasi
-
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
3 shoxcha shivit
Yo’nalishlar
Barcha salatlardan tayyorlab ko’rib, qandaydir yangicharoq retsept qidirish payidamisiz? Unday bo’lsa baqlajon va tovuqli iliq salat retsepti sizga qo’l keladi.
Bunday to’yimli salat bemalol asosiy ovqatning ham o’rnini bosa oladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
250 gramm tovuq go'shti | |
180 gramm baqlajon | |
280 gramm pomidor | |
200 gramm bodring | |
40 gramm qizil piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Aralashmasiga: |
|
100 millilitr smetana | |
15 millilitr soya qaylasi | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
3 shoxcha shivit |
Tovuq go'shtini yuvib, 40 daqiqa davomida tuzli suvda qaynatib olamiz. So'ng esa o'rtacha kattalikda to'g'rab chiqamiz.
Pomidor va bodringni to'rtburchak, piyozni esa yarim halqa shaklida to'g'raymiz.
Baqlajonlarni o'rtasidan teng ikkiga bo'lib, yog' quyilgan gril tovada qovurib olamiz. So'ng esa o'rtacha kattalikda to'g'rab chiqamiz.
Aralashmasiga:
Sarimsoq va shivitni mayn to'g'rab olamiz va soya qaylasi, smetana bilan birga aralashtirib olamiz. Bir chimdim tuz qo'shamiz.
Barcha masalliqlarni likopchaga solamiz, ustidan smetanali aralashmani quyamiz. Ta'bga qarab, yana tuz va murch sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm tovuq go'shti | |
180 gramm baqlajon | |
280 gramm pomidor | |
200 gramm bodring | |
40 gramm qizil piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Aralashmasiga: |
|
100 millilitr smetana | |
15 millilitr soya qaylasi | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
3 shoxcha shivit |
1 Sharhlar Hide Comments
Manga judayam yoqadi rahmat hammelaga iwilaga omaad yanada ajoyib retseplani kutib qolaman