fbpx
Baqlajon va pomidorli galeta

Baqlajon va pomidorli galeta

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Mavsumiy sabzavotlardan tayyorlaniladigan pishiriqlardan yaxshiroq yana nima bo’lishi mumkin? Bu safar sizlarga baqlajonli va sersuv pomidorli galetalar retseptini taqdim etamiz.

Bunday pishiriq nafaqat foydali, balki juda ham mazalidir!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
320 gramm un
5 gramm qabartma
1/6 choy qoshiq tuz
1/6 choy qoshiq qora murch
160 millilitr iliq suv
60 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
150 gramm piyoz
400 gramm baqlajon
450 gramm pomidor
1/2 osh qoshiq maydalangan suxari
1/2 choy qoshiq olma sirkasi
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugallandi

Xamiriga:

Tog'orachaga un, tuz, murch va qabart,mani solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Iliq suv va o'simlik yog'ini quyamiz. Yumshoq xamir qorib olamiz, so'ng yelim xaltaga solib, 20 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosiga:

Pomidor, piyoz va baqlajonni parrak qilib to'g'rab olamiz. Baqlajonni ustidan tuz sepib, 20 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga yog' quyib qizdirib olamiz va piyoz halqachalarini solib, ikkala tomonini qizartirib qovurib olamiz.

Qovurgandan so'ng qog'oz sochiq ustiga terib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Baqlajonlarni ham yog'da ikkala tomoni qizartirib qovurib olamiz.

Qovurgandan so'ng qog'oz sochiq ustiga terib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sovigan xamirni teng ikkiga bo'lamiz.

Xamirlarni yupqa qilib yoyamiz. O'rtasiga ozroq maydalangan suxaridan sepamiz. Chetlaridan 5 sm joy qoldirib, quyidagi tartibda sabzavotlarni terib chiqamiz: baqlajon-piyoz-baqlajon-pomidor. Ustidan sirkadan bir-nechta tomchi tomizamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Galetaning chetki xamirlarini tepaga qaratib buklaymiz. Qolgan xamirni ham xuddi shunday usulda tayyorlab, patnisga olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 20-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
320 gramm un
5 gramm qabartma
1/6 choy qoshiq tuz
1/6 choy qoshiq qora murch
160 millilitr iliq suv
60 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
150 gramm piyoz
400 gramm baqlajon
450 gramm pomidor
1/2 osh qoshiq maydalangan suxari
1/2 choy qoshiq olma sirkasi
ta'bga qarab tuz
oldingi
Qulupnayli semifredo muzqaymog’i
keyingi
Kurka go’shti va smetana aralashmali salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.