fbpx
Baqlajon va brinzali iliq salat

Baqlajon va brinzali iliq salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Baqlajon va pomidor har doim ham birgalikda ajoyib uyg’unlikni tashkil etgan. Аgar ularga qo’shimcha sifatida brinza yoki feta pishlog’i qo’shilsa bormi, takrorlanmas maza vujudga keladi.

Bunday salatni tayyorlash juda oson bo’lib, iste’mol qilish esa undanda yoqimliroqdir!

 

Masalliqlar:

3 ta baqlajon
2 ta pomidor
1 bosh piyoz
1 bog' kashnich
200 gramm brinza yoki feta pishlog'i
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
aralashtirish uchun zaytun moyi
Qadam 1
Tugallandi

Baqlajonlarning bir nechta joyini tishkovlagich yordamida teshib, 200 C darajada qizigan pechda 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pishgan baqlajonlarni po'stini archib tashlaymiz va o'zini to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovaga zaytun yog'ini quyib, to'g'ralgan baqlajonlarni nomiga qovurib olamiz (qovurmasa ham bo'ladi).

Qadam 4
Tugallandi

Feta (brinza)ni to'rtburchak shaklda to'g'rab, tog'orachaga solamiz. Piyozni ham yupqa to'g'rab, ustidan solamiz,

Qadam 5
Tugallandi

Masalliqlarning ustidan iliq baqlajonlarni solamiz. Kashnichni mayda to'g'rab solamiz. Tuz va murch sepib, zaytun yog'idan ozroq quyuamiz.

Aralashtiramiz va salatni iliqligida dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta baqlajon
2 ta pomidor
1 bosh piyoz
1 bog' kashnich
200 gramm brinza yoki feta pishlog'i
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
aralashtirish uchun zaytun moyi
oldingi
Batafsil fotoretsept: «Monastir qal’asi» aylana shakldagi torti
keyingi
Videoretsept: qaynatma krem va olchali jele bilan pishirilgan tart

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.