Banan va rezavor mevalardan muzqaymoq
Masalliqlar:
-
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
1 banka quyultirilgan sut
-
2 dona banan
-
200 gramm har xil mevalar
-
1 o'ram vanilin
Yo’nalishlar
Banan va rezavor mevalardan tayyorlaniladigan bu muzqaymoq juda mazali bo’lib, hech bir mashhur brendli muzqaymoq unga tenglasha olmaydi, ishonavering.
Bunda siz xohlagan mevalaringizdan ishlatishingiz ham mumkin, masalan, gilos, olcha, kivi va boshqalar.
Masalliqlar:
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
1 banka quyultirilgan sut | |
2 dona banan | |
200 gramm har xil mevalar | |
1 o'ram vanilin |
Mikser yordamida muzdek qaymoqlarni yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Blender idishiga to'g'ralgan bananlarni solamiz, ustidan quyultirilgan sutning yarmini va vanilinni solib pyure holatiga keltiramiz.
Bananli pyureni ko'pirtirilgan qaymoq ustidan solamiz va birga mikserda ko'pirtiramiz.
Blender idishiga rezavor mevalardan, masalan, malina yoki olchadan solamiz, ustidan quyultirilgan sutni solib blenderda maydalab olamiz.
Qaymoqli aralashma ustidan solib, aralashtirib olamiz.
Aralashmani muzqaymoq qolipchalari yoki konteynetga solamiz. Muzlatgichga yuvborib, 4 soat qotiramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
1 banka quyultirilgan sut | |
2 dona banan | |
200 gramm har xil mevalar | |
1 o'ram vanilin |