fbpx
Asalli tort (Medovik)

Asalli tort (Medovik)

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Asalli tort ko’pchilikning eng sevimli shirinliklaridan biriligi hech kimga sir emas, albatta.

Lekin bunday pishiriq esa har doim ham biz kutgan natijani bermaydi. Shuning uchun ham bugun Zira sizlar bilan medovikning eng ishonchli retseptlaridan birini bo’lishadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 23 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
200 gramm shakar
70 gramm yumshatilgan sariyog'
2 osh qoshiq asal
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
550 gramm un
400 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
500 gramm quyultirilgan qaynatilgan sut
Qadam 1
Tugallandi

Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Issiqqa chidamli idishga sariyog', shakar, tuxum va asalni solib aralashtirib olamiz.

Idishni suv bug'iga qo'yamiz va shakar to'liq eriguncha aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Gaz plitasidan olamiz, ichiga tuz va iste'mol sodasini solibaralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan elangan unni solib aralashtiramiz.

Xamir aylana shaklga kirganda uni stol ustiga olamiz va yaxshilab mushtlaymiz.

Xamir boshida biroz qo'lga yopishadi, keyinchalik esa silliq bo'lib, yopishmay qoladi.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 8 bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir xamir bo'lagini yoyib, 200 C haroratda 3-5 daqiqadan pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qavatlari pishgandan so'ng, ustidan likopcha yoki aylana qolip qo'yib, tekislab kesib olamiz. Chetidan chiqqan ortiqchalarini olib qo'yamiz, ular bezatishda kerak bo'ladi.

Qadam 8
Tugallandi

Shu holatda 8 ta qavatni pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Krem

Smetana va qaynatilgan quyultirilgan sutni ko'pirtirib olamiz. Iloji bo'lsa, ular bir xil xona haroratida bo'lsin.

Qadam 10
Tugallandi

Kremni xamirlarga surtib, ustma-ust terib chiqamiz.

Agarda qavatlar siljishni boshlasa, o'rtasiga uzunchoq cho'pchadan tiqib qo'ying, shunda ular siljib ketmaydi.

Qadam 11
Tugallandi

Chetidan chiqqan ortiqchalarini blenderda maydalab olamiz va ustiga, chetlariga sepamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tortni bir kechaga olib qo'yamiz.

Iste'mol qilishdan 40 daqiqa oldin sovutgichdan olib qo'ying, shunda u yumshab, yanada mazali bo'ladi.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
200 gramm shakar
70 gramm yumshatilgan sariyog'
2 osh qoshiq asal
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
550 gramm un
400 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
500 gramm quyultirilgan qaynatilgan sut
oldingi
Videoretsept: Mini pitsalar
keyingi
Bolalar oshxonada: Yorkshir pudinglari

8 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.