Apelsinli granola
Masalliqlar:
-
120 gramm asal
-
170 millilitr apelsin sharbati
-
20 gramm apelsin po'sti
-
300 gramm suli parchalari
-
200 gramm turshak
-
75 gramm bodom
-
75 gramm keshyu
-
75 gramm mayiz
Yo’nalishlar
Bu granola o’zining apelsin-yong’oqli ta’mi bilan sizga juda yoqsa, uning to’yimliligi esa kun davomida tetik yurishingizda yordam beradi. Granolani oldindan tayyorlab qo’ysangiz, xohlagan vaqtda lazzatli nonushtadan bahramand bo’lasiz va anchagina vaqtingizni tejaysiz.
Granolani sut, yogurt, kefir bilan aralashtirib, yoki shunchaki o’zini iste’mol qilish mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
120 gramm asal | |
170 millilitr apelsin sharbati | |
20 gramm apelsin po'sti | |
300 gramm suli parchalari | |
200 gramm turshak | |
75 gramm bodom | |
75 gramm keshyu | |
75 gramm mayiz |
Apelsinni yuvib, po'stini qirg'ichdan chiqarib olamiz. Sharbatiini siqi chiqaramiz. Bitta idishga apelsin sharbati va po'sti, asalni solib aralashtirib olamiz.
Ichiga suli parchalarini solib, aralashtirib olamiz.
Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz, Granolani solib, tekislaymiz. Gaz pechiga solib, 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Har 10 daqiqada ochib, aralashtirib turamiz.
Tayyor granolani sovutib, bankachalarga solib qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
120 gramm asal | |
170 millilitr apelsin sharbati | |
20 gramm apelsin po'sti | |
300 gramm suli parchalari | |
200 gramm turshak | |
75 gramm bodom | |
75 gramm keshyu | |
75 gramm mayiz |