Amerikancha pankeyklar
Masalliqlar:
-
2 piyola un
-
2 piyola sut
-
3 ta tuxum
-
5 osh qoshiq shakar
-
2 choy qoshiq qabartma
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
1-2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Pankeyklar — Amerikada ommalashgan pankeyklardan biri bo’lib, uni odatda asal yoki har xil qiyomlar bilan dasturxonga tortishadi.
Bu pankeyklarning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, ularni qatiqda emas, balki sutda pishirish va ko’proq qabartmadan solish kerak. Ana shunda xamir yaxshi ko’tariladi va juda ham mazali chiqadi.
Bugungi masalliqlarimizdan 15 dona pankeyklar chiqadi.
Masalliqlar:
2 piyola un | |
2 piyola sut | |
3 ta tuxum | |
5 osh qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq qabartma | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
1-2 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Katta idishga tuxumni solamiz va venchikda ko'pirtitib olamiz. Shakar va sutni solib, aralashtiramiz.
Shakar miqdorini ta'bingizga qarab solishingiz mumkin.
Alohida idishda un, tuz va qabartmani solib aralashtiramiz.
Ikkita massani aralashtiramiz. Silliq, smetanaga o'xshagan massa hosil bo'ladi.
Tovaga yog'ni solamiz va qizdiramiz. Taxminan ikki osh qoshiqdan xamir solamiz va 10 soniyadan so'ng, xamirni ustida pufakchalar hosil bo'lganda, ularni ag'daramiz. Tayyor bo'lgunicha pishirib olamiz.
Pankeyklarni issiqligida dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
1 Sharhlar Hide Comments
Pankeyk ikki tarafi chiroyli qizarishi blinchikga o’xshab qolmasligi uchun nima qilish kerak