«8 mart» asalli torti
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
80 gramm shakar
-
40 gramm asal
-
1 ta tuxum
-
bir chimdim tuz
-
50 gramm sariyog'
-
180 gramm un
-
Kremiga:
-
200 gramm qora shokolad
-
200 millilitr yog'li qaymoq
-
300 gramm tvorogli pishloq
Yo’nalishlar
Bugungi retseptimiz sizlarga bayram uchun ajoyib sovg’a bo’lishiga shubha yo’q, chunki 8 martga mo’ljallangan bunday tortni siz hali pishirib ko’rmagansiz.
Oddiy tayyorlaniladigan bu tort juda mazalli bo’lib, har qanday dasturxonga ko’rk berishi aniq.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
80 gramm shakar | |
40 gramm asal | |
1 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
50 gramm sariyog' | |
180 gramm un | |
Kremiga: |
|
200 gramm qora shokolad | |
200 millilitr yog'li qaymoq | |
300 gramm tvorogli pishloq |
Tovaga shakar, tuz, tuxum va asalni solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
Sariyog'ni solamiz va o'rtacha olovga qo'yib qizdiramiz.
Tinmasadan aralashtirib turamiz va qaynash darajasiga kelganda esa darhol gaz ustidan olamiz va iste'mol sodasini solamiz.
Hosil bo'lgan aralashmani biroz sovutamiz va unning 3/4 qismini solib, aralashtiramiz.
Unning qolgan qismini stol ustiga sepamiz va ustidan xamirni solamiz.
Xamirni aylana shaklga keltiramiz. Xamir qo'lga yopishqoq bo'lsa, unda yana undan qo'shing.
Xamirni yelim qog'ozga solamiz va bir soatga sovutgichga qo'yamiz.
Vaqt o'tganidan so'ng xamirni olamiz va ikkiga bo'lamiz.
Pergament qog'oz ustiga qalinligi 3-4 mm da yoyib olamiz.
Son shaklidagi xamirimizni gaz pechi patnisiga qo'yamiz va sanchiq bilan bir nechta joylarini teshamiz.
180 C da qizdirilgan gaz pechida taxminan 3-4 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan xamirlarni olib sovutamiz.
Ganashni tayyorlab olamiz.
Buning uchun shokolad va qaymoqni suv bug'iga qo'yib eritamiz.
Aralashma silliq holatga kirganidan so'ng esa, uni gaz plaita ustidan olamiz va sovutamiz.
Ustiga teqqizib, yelim qog'oz bilan yopamiz va 1-2 soatga sovutgichga qo'yamiz.
Ganashimizni olib, mikserda ko'pirtirib olamiz. Massaning hajmi birozga ko'tariladi.
So'ng tvorogli pishloqni solamiz.
Xamirni birinchi qavatini qo'yib, ustidan konditer qopchaga solingan krem bilan bezatib chiqamiz.
So'ng ustidan ikkinchi xamirni qo'yamiz va uni ham krem bilan bezatamiz.
Xohishga qarab ustini gul va mevalar bilan bezatishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
80 gramm shakar | |
40 gramm asal | |
1 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
50 gramm sariyog' | |
180 gramm un | |
Kremiga: |
|
200 gramm qora shokolad | |
200 millilitr yog'li qaymoq | |
300 gramm tvorogli pishloq |