fbpx
5 Room kafesidan retsept: Apelsin-klyukvali ichimlik

5 Room kafesidan retsept: Apelsin-klyukvali ichimlik

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qor bo’lmasada lekin qishning ayozli kunlari o’z hukmini surmoqda. Bunday kunda biz qizdiruvchi ichimliklarga muhtojlik sezamiz. Aynan shuning uchun ham biz sizlarga bugun ajoyib ichimlikni tayyorlashni taklif qilamiz.

Bu ichimligimiz punsh deb nomlanib, o’zida meva va meva sharbatlaridan tayyorlaniladi. Bugun ichimligimiz apelsin va klyukvadan tayyorlaniladi. O’zining ajoyib retsepti bilan esa 5 Room kafesi bunda bizga yordam beradi.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 millilitr apelsin sharbati
40 gramm klyukva
0.5 choy qoshiq maydalangan zanjabil
5 gramm maydalangan dolchin
5 gramm maydalangan muskat yong'og'i
ta'bga qarab shakar
Qadam 1
Tugallandi

Gaz plita ustiga idish qo'yib, ustidan apelsin sharbatini quyamiz, klyukva va ziravorlarni solamiz.

Qaynash darajasiga yetkazamiz va olovni darrov o'chiramiz.

Klyukvani muzlatilganidan foydalansa bo'ladi, u deyarli barcha supermarketlarda va Oloy bozorida mavjud.

Qadam 2
Tugallandi

Qopqog'ini yopib 10 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tayyor ichimlini idishlarga quyamiz va dolchin tayoqchalari bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 millilitr apelsin sharbati
40 gramm klyukva
0.5 choy qoshiq maydalangan zanjabil
5 gramm maydalangan dolchin
5 gramm maydalangan muskat yong'og'i
ta'bga qarab shakar
oldingi
Qisqichbaqali tayoqchalardan mazali salat
keyingi
Qovurilgan kartoshka va qo’ziqorin

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.