fbpx
Guakamole

Guakamole

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Guakamole nimaligini bilasizmi? Bu chips, krekerlar bilan iste’mol qilinadigan yoki ertalabgi nonushtada nonga surtib yeyishga mo’ljallangan, go’shtli va vegetarian ovqatlarga qo’shib yesa bo’ladigan mazali qaylalardan biridir. Bu meksikancha taomnomalar ro’yxatiga kirsada, lekin uni deyarli butun dunyoda tayyorlashadi.

Bu qaylani tayyorlash juda oson bo’lib, undan hozil bo’lgan ta’m esa sizni ajablantirishi aniq! Guakamole — avokado va limonning mayin ta’mi va biroz achchiq ta’m uyg’unligi mahzuli.

Masalliqlar:

2 ta avokado
2 ta pomidor
yarimta piyoz
1 ta limon
yarim bog' kashnich
1 ta tishcha sarimsoqpiyoz
1 ta achchiq qalampir
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Avokadoni teng ikkiga bo'lish uchun, uning aylanasidan to pichoq danakka tegmaguncha kesiladi.

Danagidan tozalaniladi va qarama-qarshi qilib bir birini ustiga qo'yiladi.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan limon sharbati sepiladi (meva qoraymasligi va darrov aynimasligi uchunа).

Avokadoni ichidagi go'shti qoshiq yordamida olinadi (po'stini ishlatmaymiz).

Qadam 3
Tugallandi

Avokado go'shtini qoshiqda ezamiz va yana bir bor limon sharbati sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidorlar po'stidan archiladi va kichik to'rtburchak shaklda to'g'raladi.

Achchiq qalampir urug'idan tozalaniladi va mayda to'g'raladi.

Qadam 5
Tugallandi

Kashnich, sarimsoqpiyoz va mayda to'g'ralgan piyoz blenderda eziladi.

Qadam 6
Tugallandi

Idishga ezilgan avokado solinadi, ustidan pomidorlar, achchiq qalampir, maydalangan ko'katli aralashmalari ham solinadi.

Tuz va murchi rostlanadi va yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 7
Tugallandi

Guakamoleni yangi pishirilgan non bilan iste'mol qilinadi (chiabatta, baget - ishlatilsa ayni muddao) yoki baliq va tovuq ovqatlariga qo'shimcha gazak sifatida ham ishlatsa bo'ladi.

Bu tayyor qaylani ko'pi bilan bir kecha-kunduz saqlash mumkin, chunki bu qayla tez aynib qoladi.

Yangidan yangi ma'lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta avokado
2 ta pomidor
yarimta piyoz
1 ta limon
yarim bog' kashnich
1 ta tishcha sarimsoqpiyoz
1 ta achchiq qalampir
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Frutkeyk
keyingi
Videoretsept: Befstroganov taomi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.