fbpx
Stuzzico kafesidan retsept: Stuzzico pitsasi

Stuzzico kafesidan retsept: Stuzzico pitsasi

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun taniqli va ko’pchilikning sevimli makoniga aylangan Stuzzico kafesi o’zining mashhur pitsasining retseptini siz azizlarga taqdim qiladi.

Ajoyib ta’mli bu yegulikni endilikda o’zimiz tayyorlaymiz va yaqinlarimizni hayratda qoldiramiz. Tayyor bo’lsangiz, unda boshladik!

Masalliqlar:

Portsiya:
1 stakan iliq suv
2 stakan un
1 choy qoshiq quruq xamirturush
1 choy qoshiq shakar
2 choy qoshiq tuz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
6 osh qoshiq pomidor qaylasi
3 dona marinadlangan shampinyon
3 ta bulg'or qalampiri
200 gramm dudlangan kolbasa
3 dona sosiska
300 gramm motsarella pishlog'i
Qadam 1
Tugallandi

Idishga iliq suv, shakar, bir chimdim tuz, xamirturush va 1 osh qoshiq un solamiz va aralashtiramiz.

10-15 daqiqadan keyin aralashma usti ko'pirib chiqadi.

Qadam 2
Tugallandi

Kattaroq idishga unni solamiz, ustidan yog', tuz va ko'pirgan xamirturushli aralashmani solib, xamir qoramiz.

Xamirni 10 daqiqadan kam qormang.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni ustiga yog' surtamiz va oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 1-1.5 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir oshib chiqqanidan so'ng olamiz va uni 3 ta teng qismga bo'lamiz.

Har bir xamirni pitsaga mos qilib yoyib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Yoygan pitsalarimizning ustiga 2 osh qoshiqdan pomidor qaylasi surtib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Kolbasa, sosiska, bulg'or qaqlampiri va qo'ziqorinni to'g'rab olamiz va pitsaning ustiga terib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichdan chiqarib ustidan sepamiz.

300 C da 7 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 stakan iliq suv
2 stakan un
1 choy qoshiq quruq xamirturush
1 choy qoshiq shakar
2 choy qoshiq tuz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
6 osh qoshiq pomidor qaylasi
3 dona marinadlangan shampinyon
3 ta bulg'or qalampiri
200 gramm dudlangan kolbasa
3 dona sosiska
300 gramm motsarella pishlog'i
oldingi
Merengali brauni
keyingi
Tovuqli «popkorn»

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.