Videoretsept: nachinkali pishirilgan olma
Yo’nalishlar
Yong’oq, mayiz va asalli nachinka bilan pishirilgan xushbo’y olmalar – tez, mazali va asosiysi, foydali shirinlikdir. Shuningdek, olmani ko’pirtirilgan qaymoq yoki muzqaymoq bilan bezatish mumkin – shirinlikni yanada mazali va chiroyliroq qiladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Olmaning tepasini qopqoq qilib kesib, qoshiq bilan o’rtasini tozalaymiz.
Yong’oqni pichoq bilan maydalaymiz.
Idishda yong’oq, mayiz va dolchinni aralashtiramiz.
Olmani pergament qog’ozi solingan patnisga terib, ichiga yong’oq aralashmasini solamiz.
Ustiga asal quyib, har birini tepasiga kichkina sariyog’ bo’lakchasini qo’yamiz.
Olmani 180C gacha qizdirilgan pechga 15-20 daqiqaga, olma yumshaguncha, qo’yamiz.