Videoretsept: gulkaramdan graten
Masalliqlar:
-
1 ta gulkaram
-
500 millilitr sut
-
150 gramm pishloq
-
50 gramm sariyog'
-
40 gramm un
-
20 gramm quritilgan non bo'laklari
-
1 choy qoshiq tuz
-
0,5 choy qoshiq qora murch
-
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
Yo’nalishlar
Gulkaramdan graten – har kungi taomnomangizga o’zgarish kiritadigan past kaloriyalik, foydali va mayin taom. Pishloqli beshamel qaylasida pechda qizartirib pishirilgan gulkaram ko’pchilikga yoqishi aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
1 ta gulkaram | |
500 millilitr sut | |
150 gramm pishloq | |
50 gramm sariyog' | |
40 gramm un | |
20 gramm quritilgan non bo'laklari | |
1 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i |
Karamni kichikroq bo’lakchalarga bo’lib, tuz qo’shilgan suvda 3-4 daqiqa davomida qaynatamiz.
Pishloqni katta qirg’ichdan chiqaramiz.
Sariyog’ni tovada eritib, un qo’shamiz. Aralashtirishni to’xtatmasdan 2-3 daqiqa davomida qaynatamiz.
Iliq sut qo’shib yaxshilab aralashtiramiz. Massa qaynashni boshlaganidan aralshtirishni to’xtatmasdan past olovda 2 daqiqa davomida qaynatamiz. Qayla quyuqlashishi kerak.
Tuz, murch, muskat yong’og’i va pishloqni yarimini qo’shib yana 1-2 daqiqa davomida qaynatamiz.
Qolipga qaylaning qismini solib yoyib chiqamiz.
Gulkaramni solib yoyamiz, ustiga qolgan qaylani quyamiz.
Graten ustiga pishloq sepib, panirovka uchun non uvoqlarini qo’shamiz va 175C gacha qizdirilgan pechga 25-30 daqiqaga qo’yamiz. Usti qizarib pishishi kerak.
Masalliqlar:
1 ta gulkaram | |
500 millilitr sut | |
150 gramm pishloq | |
50 gramm sariyog' | |
40 gramm un | |
20 gramm quritilgan non bo'laklari | |
1 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i |