fbpx
Videoretsept: lavashdan nachos chipslari

Videoretsept: lavashdan nachos chipslari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qiziqarli va oson retsept – lavashdan chipslar. Bu chipslar butun oila uchun tez tayyorlanadigan gazakdir.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 10 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

2 ta lavash xamiri
3-4 osh qoshiq zaytun yog'i
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0,5 choy qoshiq qora murch
ta'bga ko'ra ziravorlar
Qadam 1
Tugallandi

Idishda zaytun yog’i, tuz, paprika, qora murch va boshqa ziravorlarni birlashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Lavashni lentalarga, lentalarni esa uchburchaklarga kesamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Uchburchaklarni yog’ va ziravorlar aralashmasiga solib aralashtiramiz va pergament qog’ozi solingan patnisga bir qator qilib teramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Chipslarni 200C gacha qizdirilgan pechda 5-10 daqiqa davomida pishiramiz. Tayyor chipslarni sevimli sousingiz bilan iste’mol qilishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 20 daqiqa
  • Oddiy
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta lavash xamiri
3-4 osh qoshiq zaytun yog'i
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0,5 choy qoshiq qora murch
ta'bga ko'ra ziravorlar
oldingi
Videoretsept: shokolad pastali sloykalar
keyingi
Videoretsept: «Tipratikan» shirinligi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.