fbpx
Videoretsept: nondan kvas

Videoretsept: nondan kvas

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali, yaxna kvasni uy sharoitida tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2,5 litr qaynoq suv
200 gramm Javdar unidan tayyorlangan non
110 gramm shakar
1,5 choy qoshiq quruq xamirturush
100 millilitr iliq suv
10 gramm mayiz
Qadam 1
Tugallandi

Javdar undan tayyorlangan nonni o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Nonni pergament qog’ozi solingan patnisga terib, 180C gacha qizdirilgan pechga 20-25 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Uch litrli banka yoki kastryulyaga iliq nonni solib, shakar qo’shamiz ba ustiga 2,5 litr qaynoq suv quyamiz. Butunlay sovigunicha olib qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bo’lajak kvas sovuganida, 100 ml iliq suvda eritilgan xamirturushni qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Bankani bir necha qatlamli doka bilan berkitib, kvasni 36-40 soatga xona haroratida qoldiramiz.

Maslahat: kvas quyilgan idishni boshqa idishga solib qo’yishni tavsiya qilamiz. Kvas toshib to’kilishi mumkin.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor kvasni sitodan o’tkasib, butilkalarga quyamiz va sovutamiz. Ichimlik gazlangan bo’lishi uchun, har bir butilkaga 2-3 dona mayiz solib, sovutgichga bir-necha soatga qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor kvasni sovutgichda bir hafta davomida saqlash mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ortiq
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2,5 litr qaynoq suv
200 gramm Javdar unidan tayyorlangan non
110 gramm shakar
1,5 choy qoshiq quruq xamirturush
100 millilitr iliq suv
10 gramm mayiz
oldingi
Videoretsept: yogurtdan sufle
keyingi
Videoretsept: konservalangan tunets balig’i bilan pasta-salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.