Videoretsept: uyda tayyorlanadigan tovuqli gamburgerlar
Masalliqlar:
-
4 ta gamburgerlarga mo'ljallangan bulochka
-
350 gramm qaynatilgan tovuq filesi
-
50 gramm smetana yoki mayonez
-
1 choy qoshiq tuz
-
0,5 choy qoshiq qora murch
-
250 gramm pishloq
-
75 gramm ketchup
-
20 gramm eritilgan sariyog'
-
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
Yo’nalishlar
Mazali , ishtahaochar gamburgerlar ham gazak sifatida, ham tushlik sifatida yaxshidir. Siz uchun tez tayyorlanadigan, mazali gambuerger rerseptini topib tayyorlab ko’rdik.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
4 ta gamburgerlarga mo'ljallangan bulochka | |
350 gramm qaynatilgan tovuq filesi | |
50 gramm smetana yoki mayonez | |
1 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
250 gramm pishloq | |
75 gramm ketchup | |
20 gramm eritilgan sariyog' | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi |
Qaynatilgan tovuq filesini tolalarga bo’lamiz.
Tovuq filesini mayonez va smetana bilan aralashtiramiz. Tuz va murch qo’shamiz.
Pishloqni qirg’ichdan chiqaramiz.
Gamburger uchun bulochkalarni o’rtasidan bo’lamiz.
Bulochkaning pastki yarmini cheti baland qolipga solamiz.
Bulochka ustiga ketchup surtib, tovuqli nachinkani solamiz.
Ustiga qirg’ichdan chiqarilgan pishloq sepib, bulochkaning ikkinchi qismi bilan berkitamiz.
Eritilgan sariyog’ni maydalangan sarimsoqpiyoz bilan birlashtirib, bulochka tepasiga surtamiz.
Qolipni folga bilan berkitib, 200C gacha qizdirilgan pechga 15-20 daqiqaga qo’yamiz.
Masalliqlar:
4 ta gamburgerlarga mo'ljallangan bulochka | |
350 gramm qaynatilgan tovuq filesi | |
50 gramm smetana yoki mayonez | |
1 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
250 gramm pishloq | |
75 gramm ketchup | |
20 gramm eritilgan sariyog' | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi |