fbpx
Videoretsept: kartoshkadan pishloqli toblatma

Videoretsept: kartoshkadan pishloqli toblatma

Masalliqlar:

  • Bezak uchun

Yo’nalishlar

Tez va oson tayyorlanadigan, juda mazali kartoshkadan pishloq va qovurilgan piyozli toblatma. Kartoshkadan toblatma bir tomondan universal taom, boshqa tomondan tayyorlanishi oson bo’lgan taom. 

Taomni ham alohida, ham garnir sifatida baliq, go’sht yoki salat bilan iste’mol qilish mumkin. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta o'rtacha kartoshka
1 ta katta piyoz
30 millilitr o'simlik yog'i
100 gramm parmezan pishlog'i
100 gramm pishloq
50 millilitr suv yoki bulyon
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Bezak uchun
1 bog' shivit yoki petrushka
Qadam 1
Tugallandi

Piyozni yarimhalqa shaklida to’g’raymiz. 2 xil pishloqni qirg’ichdan chiqaramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tozalangan kartoshkani yupqa dumaloqchalar shaklida to’g’rab, idishga solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ziravorlar, 1 osh qoshiq o’simlik yog’i, 1/2 qirg’ichdan chiqarilgan pishloqni yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Piyozni o’simlik yog’ida o’rtacha olovda yumshoq bo’lguncha 5-7 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pech uchun qolipga birinchi qovurlilgan piyozni, ustiga kartoshka bo’laklarini terib, ustida suv quyib pishloq sepamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustini folga bilan berkitib, 200C gacha qizdirilgan pechga 50 daqiqaga qo’yamiz. Folgani olib tashlab yana 10-15 daqiqa davomida qizartirib pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor toblatmani biroz sovutib, maydalangan ko’kat sepib dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 5
  • Oddiy
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta o'rtacha kartoshka
1 ta katta piyoz
30 millilitr o'simlik yog'i
100 gramm parmezan pishlog'i
100 gramm pishloq
50 millilitr suv yoki bulyon
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Bezak uchun
1 bog' shivit yoki petrushka
oldingi
Videoretsept: qozonda yopilgan non
keyingi
Videoretsept: limonli muss-chizkeyk

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.