fbpx
Videoretsept: qozonda yopilgan non

Videoretsept: qozonda yopilgan non

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

O’zbek novvoy noni — tandirda pishiriladigan, O’zbekiston xalqining milliy nonidir. Qanday qilib nonni uy sharoitida qozon qopqog’ida pishirish usulini sizga taqdim etamiz. Bunday tayyorlangan non usti qarsillagan, ichi esa yumshoq bo’lib pishadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 millilitr iliq suv
940 gramm un
2 choy qoshiq shakar
2 osh qoshiq quruq xamirturush
3 choy qoshiq tuz
50 millilitr o'simlik yog'i
1 ta tuxum
10 gramm kunjut
200 gramm yirik tuz
Qadam 1
Tugallandi

Katta idishda xamirturush, shakar va iliq suvni birlashtiramiz. 5-10 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Aralashma ustida ko’pikchalar paydo bo’lganda tuz, o’simlik yog’i va elangan unni qo’shib, yumshoq xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni iliq joyga, oshishi uchun, 1 soatga qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oshgan xamirni 4 ga bo’lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har bo’lakni biroz yoyib, o’rtasini chekich yordamida non shakliga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qozonga tuz sepib qizdiramiz. Qozon qopqog’ini alohida gazga qo’yib qizdiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Non tagiga tuxum oqi surtib, qizigan qopqoqga yopishtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Non ustiga tuxum sarig’i surtib, kunjut sepamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Nonli qopqoqni qozonga yopib, o’rtacha olovda 15-20 daqiqa pishiramiz. Non tuxum oqi bilan qopqoqga yopishtirilganligi uchun tushib ketmaydi.

Qadam 10
Tugallandi

Non pishganini qizarganligiga qarab tekshiramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 3 soat
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 millilitr iliq suv
940 gramm un
2 choy qoshiq shakar
2 osh qoshiq quruq xamirturush
3 choy qoshiq tuz
50 millilitr o'simlik yog'i
1 ta tuxum
10 gramm kunjut
200 gramm yirik tuz
oldingi
Videoretsept: olchali shokoladli tort
keyingi
Videoretsept: kartoshkadan pishloqli toblatma

2 Sharhlar Hide Comments

Ассалому алайкум. Қозонда нон пиширганда нон қопқоққа ёпиштирилгач қозон ичига оқ нимадир солинди. Шу оқ нарса нима?

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.