Videoretsept: sloykalar
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
250 millilitr kefir
-
100 millilitr 20% yog'li smetana
-
100 gramm "Milter" 72% margarini
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
450 gramm un
-
Kroshka uchun
-
150 gramm un
-
150 gramm shakar
-
140 gramm "Milter" 72% margarini
-
Qizartirish uchun
-
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
Yo’nalishlar
Kefir asosidagi xamirdan tayyorlangan sloykalar – dam olish kuni butun oila uchun pishiriq turi. Bu pishiriq uchun eng oddiy va har doim sovutgichda topish mumkin bo’lgan masalliqlar ishlatiladi. Shakarli kroshka bu shirinlikga shirinlik va qarsillaydigan ustki qavat qo’shadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
250 millilitr kefir | |
100 millilitr 20% yog'li smetana | |
100 gramm "Milter" 72% margarini | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
450 gramm un | |
Kroshka uchun |
|
150 gramm un | |
150 gramm shakar | |
140 gramm "Milter" 72% margarini | |
Qizartirish uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv |
Kroshka tayyorlaymiz
Idishda un, shakar, sovuq margarinni uqalaymiz (kroshka).
Ishlatguncha sovutgichga qo’yamiz.
Xamir tayyorlaymiz
Elangan unga qabartma, tuz, sovuq margarin bo’laklarini solib, mayda uvoq (kroshka) holatiga keltiramiz.
Kefir va smetanani qo’shib, yumshoq xamir qoramiz.
Xamirni 6 ta teng bo’lakga bo’lamiz, har birini dumaloq shaklga keltirib, paketga solamiz va sovutgichga 30 daqiqaga olib qo’yamiz.
Har bir sovutilgan dumaloqchani qalinligi 2-3 mm bo’lgan to’rtburchak shaklda yoyamiz.
Kroshkani 5 bo’lakga bo’lib, xamir qatlamlariga sepamiz.
Pergament ustiga yoyilgan xamirni qo’yamiz. Ustiga kroshkaning beshdan bir qismini sepamiz. Ustiga yana 1 qatlam xamir qo’yamiz. Ustiga yana kroshka, shunday qilib hamma qatlamlarni terib chiqamiz.
Oxirgi xamir qatlamini biroz kattaroq yoyib, eng ustiga qo’yamiz. Pirog chetlarini pastga qilib, to’rtburchak shaklga keltiramiz.
O’tkir pichoq yordamida pirogimizni 20 ta to’rtburchak bo’lakga keltiramiz.
Sloykalarni pergament qog’ozi solingan patnisga qo’yib, ustiga tuxum sarig’i surtamiz.
180C gacha qizdirilgan pechga 30-35 daqiqaga qo’yamiz.
Tayyor sloykalar biroz ko’tariladi va qizaradi.
Yoqimli ishtaha!
Reklama huquqi asosida..
Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
250 millilitr kefir | |
100 millilitr 20% yog'li smetana | |
100 gramm "Milter" 72% margarini | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
450 gramm un | |
Kroshka uchun |
|
150 gramm un | |
150 gramm shakar | |
140 gramm "Milter" 72% margarini | |
Qizartirish uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv |