fbpx
Videoretsept: kartoshka va tovuqlik pirog

Videoretsept: kartoshka va tovuqlik pirog

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Qizartirish uchun

Yo’nalishlar

Kartoshka va tovuqlik pirog kurnik qiyin taomga o’xshashiga qaramay oson tayyorlanadi. Kefir asosidagi xamir tez qoriladi. Nachinka uchun barcha masalliqlarni to’g’rab aralashtiramiz. Bu – tushlik o’rnini bosadigan xushbo’y pishiriq. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
250 millilitr kefir
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
100 gramm "Milter" 72% margarini
550 gramm un
Nachinka uchun
400 gramm tovuq filesi
4 ta kartoshka
1 ta piyoz
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq tuyilgan kashnich
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
40 gramm "Milter" 72% margarini
Qizartirish uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Kefirga soda, qabartma, tuz va eritilgan margarin qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Elangan un qo’shib yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni sochiq bilan berkitib 25-30 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Tovuq filesi, kartoshka va piyozni o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Barcha masalliqlarni ziravorlar bilan aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor xamirni 2 ga bo’lamiz - 1 qism biroz kichikroq bo’lishi kerak.

Qadam 7
Tugallandi

Katta qismni yoyib, pergament qog’ozi solingan patnisga qo’yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Chetlarini shakllantirib, nachinka solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ustiga sariyog’ bo’laklarini qo’yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirni ikkinchi bo’lagini yoyib, pirog ustini berkitamiz. Chetlarini chimchilab, o’rtasida bir nechta teshik qilamiz, bug’ chiqib ketishi uchun.

Qadam 11
Tugallandi

Tuxum sarig’i surtib, 180C gacha qizdirilgan pechga 35-40 daqiqaga qizarib pishguncha qo’yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor pirogni ustiga sariyog’ surtib, issiq holatda dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida..

Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
250 millilitr kefir
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
100 gramm "Milter" 72% margarini
550 gramm un
Nachinka uchun
400 gramm tovuq filesi
4 ta kartoshka
1 ta piyoz
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq tuyilgan kashnich
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
40 gramm "Milter" 72% margarini
Qizartirish uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
oldingi
Videoretsept: filo xamiridan pishloqli pirog
keyingi
Videoretsept: pishloqli sousda «Baffalo» tovuq qanotchalari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.