fbpx
Videoretsept: aylantirilgan apelsinli pirog

Videoretsept: aylantirilgan apelsinli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Juda oson va va tez tayyorlanadigan lazzatli va chiroyli aylantirilgan apelsinli pirogni tayyorlab ko’rishni tavsiya etamiz. Bunday pirog har qanday dasturxonni bezagi bo’ladi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
150 gramm shakar
100 gramm smetana
100 gramm sariyog'
200 gramm un
2 choy qoshiq qabartma
2-3 dona apelsin
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum va shakarni ko’pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Eritilgan sariyog’ va smetana qo’shib, yana ko’pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Elangan un, qabartma, 1 ta apelsin sedrasi qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Apelsinni ustki qatlamini olib tashlab, dumaloq qilib kesamiz.

Qadam 5
Tugallandi

18 sm diametrlik qolipga pergament qog’ozi solib, sariyog’ surtamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolipga 1 osh qoshiq shakar sepib, apelsin dumaloqchalarini teramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ustiga xamirni solib, tekkislaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

190C gacha qizdirilgan pechga 40 daqiqaga qo’yamiz.
Tayyorligini uzun taxta tayoq yordamida tekshiramiz. Xamir yopishmasligi kerak.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor pirogni biroz sovutib, ag’daramiz, pergamentni olib tashlab, panjara ustida sovutamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
150 gramm shakar
100 gramm smetana
100 gramm sariyog'
200 gramm un
2 choy qoshiq qabartma
2-3 dona apelsin
oldingi
Videoretsept : pechda pishirilgan tovuq va kartoshka
keyingi
Videoretsept: «Garri Potter» filmidan shirin pivo

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.