Kokos qirindisi qo’shilgan tvorogli toblatma
Masalliqlar:
-
500 gramm 5-9 % li tvorog
-
120 gramm shakar
-
5 ta tuxum
-
100 gramm 10-15 % li smetana
-
2 osh qoshiq Dr.Oetker makkajo'xori kraxmali
-
30 gramm kokos qirindisi
-
2 choy qoshiq vanilin-intensiv Dr.Oetker
Yo’nalishlar
Kokos qirindisi qo’shilgan ajoyib ta’mli tvorogli toblatma mayinligi bilan lol qoldiradi. Tayyorlanishi tez va oson, ta’mi esa chizkeyk va pudingga o’xshaydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm 5-9 % li tvorog | |
120 gramm shakar | |
5 ta tuxum | |
100 gramm 10-15 % li smetana | |
2 osh qoshiq Dr.Oetker makkajo'xori kraxmali | |
30 gramm kokos qirindisi | |
2 choy qoshiq vanilin-intensiv Dr.Oetker |
Tuxum sarig’ini oqidan ajratamiz.
Sarig’iga tvorog, smetana, makkajo’xori kraxmali, shakar va vanilin qo’shib blender yordamida bir-xil holatga keltirib aralashtiramiz. Klassik vanilinni o’rniga vanil ta’mli shakar ishlatish mumkin, Dr. Oetker mahsulotlari orasida ikkala tur mavjud.
Tvorogli massaga kokos qirindisini qo’shib, aralashtiramiz.
Tuxum oqini boshqa idishda ko’pirtiramiz.
Oz-ozdan ko’pirtirilgan tuxum oqlarini tvorogli massaga qo’shib, qoshiqda aralashtiramiz.
Pergament qog’ozi solingan 22 sm diametrlik qolipga tvorogli xamirni solib tekkislaymiz.
180C gacha qizdirilgan pechga 35-40 daqiqaga qo’yamiz.
Pechingiz kuchiga qarang.
Barcha tvorogli pishiriqlar kabi, kraxmalli toblatma ham birinchi ko’tariladi, ammo sovuganda biroz pasayadi.
Tayyor shirinlikni butunlay sovutib, 1-2 soatga sovutgichga qo’yamiz.
Masalliqlar:
500 gramm 5-9 % li tvorog | |
120 gramm shakar | |
5 ta tuxum | |
100 gramm 10-15 % li smetana | |
2 osh qoshiq Dr.Oetker makkajo'xori kraxmali | |
30 gramm kokos qirindisi | |
2 choy qoshiq vanilin-intensiv Dr.Oetker |