Videoretsept: olchali «blondi» pishirig’i
Masalliqlar:
-
115 gramm "365 Kun" margarini
-
200 gramm jigarrang shakar
-
1 ta tuxum
-
2 choy qoshiq vanilin
-
160 gramm "365 Kun" uni
-
50 gramm qora shokolad
-
100 gramm danakidan tozalangan olcha
Yo’nalishlar
«Blondi» — brauni pishirig’ining opasi bo’lmish, shokolad va rezavor meva qo’shiladigan mashhur amerika keksi. Sizga olcha va qora shokolad bo’lakchalari qo’shilgan turini taqdim etamiz, ammo siz istagan rezavor mevalaringizni qo’shishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 22 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
115 gramm "365 Kun" margarini | |
200 gramm jigarrang shakar | |
1 ta tuxum | |
2 choy qoshiq vanilin | |
160 gramm "365 Kun" uni | |
50 gramm qora shokolad | |
100 gramm danakidan tozalangan olcha |
Margarinni mikroto’lqinli pechda eritib, biroz sovutib olamiz.
Katta idishda eritilgan margarin, shakar, tuxum va vanilinni aralashtiramiz.
Unni suyuq masalliqlarga jichcha-jichcha qo’shib, barcha masalliqlar birlashguncha aralashtiramiz.
Danagidan tozalangan olcha va maydalangan shokoladni qo’shamiz. Olcha ezilmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
22 sm diametrlik pergament qog’ozi solingan qolipga xamirni solamiz va tekislaymiz.
180 C darajagacha qizdirilgan pechda 30-35 daqiqa davomida pishiramiz. 1 soat qolipidan chiqarmay sovutamiz va so’ng bo’laklarga kesamiz.
Yoqimli ishtaha!
Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
115 gramm "365 Kun" margarini | |
200 gramm jigarrang shakar | |
1 ta tuxum | |
2 choy qoshiq vanilin | |
160 gramm "365 Kun" uni | |
50 gramm qora shokolad | |
100 gramm danakidan tozalangan olcha |