Videoretsept: tvorogli pishloq va o’rikli galeta
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
240 gramm un
-
150 gramm muzdek sariyog'
-
100 millilitr smetana
-
30 gramm shakar
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
Nachinka uchun
-
200 gramm tvorogli pishloq
-
40 gramm shakar upasi
-
3 ta tuxum sarig'i
-
350 gramm o'rik
-
40 gramm shakar
Yo’nalishlar
Galeta — bu oson shakllanadigan ochiq pirog bo’lib, uning ichida nachinkasi ko’p, xamiri esa oz. Nachinka xilma-xil bo’lishi mumkin – meva, rezavor meva va yong’oqlardan boshlab sabzavot, ko’kat va pishloqgacha.
Galetalarni ham katta ham kichkina hajmda pishirish mumkin. Shirin nachinkaga ega galetani muzqaymoq bilan dasturxonga tortsa yanada totli. Galeta uchun xamirni birda 2-3 portsiya qilib, muzlatgichda saqlasa bo’ladi. Kerak bo’lganida, tunga xamirni sovutgichga qo’yamiz va ertalab pishirsak bo’ladi.
Ushbu masalliqlardan bizda 2 ta galeta chiqdi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
240 gramm un | |
150 gramm muzdek sariyog' | |
100 millilitr smetana | |
30 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
Nachinka uchun |
|
200 gramm tvorogli pishloq | |
40 gramm shakar upasi | |
3 ta tuxum sarig'i | |
350 gramm o'rik | |
40 gramm shakar |
Xamir tayyorlaymiz
Katta idishda un, shakar va tuzni aralashtiramiz.
Katta qirg’ichda sovuq sariyog’ni chiqaramiz. Sariyo’g’ bilan unni aralashtiramiz.
Smetana qo’shib, yumshoq xamir qoramiz. Yopishqoq plyonka bilan o’rab, sovutgichga 30 daqiqaga qo’yamiz.
Nachinka tayyorlaymiz
Tvorogli pishloq, 2 ta tuxum sarig’i va shakar upasini aralashtiramiz.
O’rikni bir xil kichkina bo’laklarga kesamiz.
Sovutilgan xamirni chiqarib 2 teng bo’lakga bo’lamiz.
Xamirni ingichka qilib pergament qog’ozi ustida yoyamiz.
Tvorogli nachinkani xamir ustiga, chetlarida 1,5-2 sm qoldirib, surtamiz.
Ustiga o’riklarni teramiz va shakar sepamiz.
Galeta chetlarini ichkariga buklaymiz, tuxum sarig’ini surtib, shakar sepamiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
240 gramm un | |
150 gramm muzdek sariyog' | |
100 millilitr smetana | |
30 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
Nachinka uchun |
|
200 gramm tvorogli pishloq | |
40 gramm shakar upasi | |
3 ta tuxum sarig'i | |
350 gramm o'rik | |
40 gramm shakar |