fbpx
Mikroto’lqinli pechda baliq pishirish

Mikroto’lqinli pechda baliq pishirish

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali qaylaga botirib, mikroto’lqinli pechda baliq pishirib ko’rganmisiz? Yo’q bo’lsa, unda bizdan uzoqlashmang. Ko’pi bilan 20 daqiqa va foydali taom dasturxoningizga muntazir.

Bir marta tayyorlab ko’rsangiz bo’ldi, bu sizning eng sevimli taomingizga aylanishi aniq.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm oq baliq go'shti (lahm)
2 ta pomidor
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta piyoz
1 osh qoshiq pomidor pastasi
3 ta tishcha sarimsoqpiyoz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq baliqqa mo'ljallangan ziravorlar
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab ko'katlar
ta'bga qarab achchiq qalampir
30 millilitr qaynatilgan suv
Qadam 1
Tugallandi

Pomidor, bulg'or qalampiri, achchiq qalampir, piyozni to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Mikroto'lqinli pechga ishlatiladigan idishga to'g'ralgan barcha sabzavotlarni solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sabzavotlar ustidan ziravorlar tuz, tomat pastasi, maydalangan sarimsoqpiyoz solamiz.

O'simlik yog'i solib aralashtiramiz va 30 millilitr suv ham qo'shamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Idishni qopqog'ini yopib, mikroto'lqinli pechga qo'yamiz va 800 V da 5 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Baliq go'shtini taxminan 3 ga 5 sm da to'g'rab chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Mikroto'lqinli pechdan sabzavotlarni olamiz.

Qaylaga to'g'ralgan baliqni solib, aralashtiramiz, qopqog'ini yopib mikroto'lqinli pechda 800 V da 10 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Taomni olib 5 daqiqa chetga olib qo'yamiz.

Ustini ko'katlar bilan bezab, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Bu taomni qaynatilgan guruch yoki kartoshka bilan ham tortishingiz mumkin.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm oq baliq go'shti (lahm)
2 ta pomidor
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta piyoz
1 osh qoshiq pomidor pastasi
3 ta tishcha sarimsoqpiyoz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq baliqqa mo'ljallangan ziravorlar
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab ko'katlar
ta'bga qarab achchiq qalampir
30 millilitr qaynatilgan suv
oldingi
Qizil boshli karam va rukkoladan salat
keyingi
Oshirmali xamirdan pishirilgan pirojkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.