Videoretsept: Mikroto’lqinli pechda kartoshkali chipslar tayyorlash
Masalliqlar:
-
3 ta kartoshka
-
ta'bga qarab tuz
-
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
-
ta'bga qarab sarimsoqpiyoz kukuni
-
ta'bga qarab qora murch
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga uyda tayyorlaniladigan chipslarning eng oson usulini o’rgatamiz. Eng asosiysi bunday chipslar hech qanday qo’shimchalarsiz 100 % tabiiy mahsulot. Bunda bizga mikroto’lqinli pech yordam beradi.
Bunday chipslar juda mazali bo’lib, ularni qo’rqmasdan bolalarga hem bersangiz bo’ladi.
Masalliqlar:
3 ta kartoshka | |
ta'bga qarab tuz | |
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab sarimsoqpiyoz kukuni | |
ta'bga qarab qora murch |
Kartoshkalarni o'tkir pichoq bilan yupqa parrak qilib to'g'rab olamiz.
To'g'ralgan kartoshkalarni 15-20 daqiqa sovuq suvda ivitib qo'yiladi, bunda undagi kraxmallar chiqib ketadi.
So'ng kartoshkalarni oshxona sochiq yoki qog'oz sochiqda quritib olamiz.
Kartoshkalarni pergament qog'oz ustiga terib chiqamiz (xohishga qarab qog'ozni yog'lab chiqishingiz mumkin) va ustidan kerakli ziravorlarva tuzni sepamiz.
Chipslarni mikroto'lqinli pechda 800-1 000 V eng yuqori quvvatda 2-3 daqiqa davomida pishirib olamiz.
So'ng chipslarni ag'daramiz va 600 V ga pasaytirib yana 2 daqiqa davomida pishiramiz (chipslarning aniq tayyorlanish vaqti mikroto'lqinli pechga ham bog'liq).
Masalliqlar:
3 ta kartoshka | |
ta'bga qarab tuz | |
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab sarimsoqpiyoz kukuni | |
ta'bga qarab qora murch |