Pishloqli draniklar
Masalliqlar:
-
650 gramm kartoshka
-
150 gramm piyoz
-
200 gramm kolbasa
-
200 gramm pishloq
-
2 ta tuxum
-
0,5 bog' shivit
-
80 gramm un
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Draniklar – Belorusiya oshxonasining eng taniqli va sevimli taomlaridan biri. Uning ko’p turlari bor. Bugun biz sizga pishloqli draniklarni tayyorlashni ko’rsatamiz.
Ular nonushta yoki yengil tanovvul uchun mos keladi. Draniklar issiq holida iste’mol qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
650 gramm kartoshka | |
150 gramm piyoz | |
200 gramm kolbasa | |
200 gramm pishloq | |
2 ta tuxum | |
0,5 bog' shivit | |
80 gramm un | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Kartoshka va piyozni po'stidan artib, qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz.
So'ngra kolbasa va pishloqni ham qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz.
Barcha masalliqlarni idishga solib, aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan massaga shivit solib, ta'bga ko'ra tuz va murch sepamiz.
So'ngra tuxum va un solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Tovani olovga qo'yib, yog' quyib qizdiramiz.
Hosil bo'lgan massadan (1 osh qoshiqdan) yupqa kotletlar hosil qilamiz va o'rtacha olovda ikki taraflama 5-7 daqiqadan qizargunicha qovuramiz.
Masalliqlar:
650 gramm kartoshka | |
150 gramm piyoz | |
200 gramm kolbasa | |
200 gramm pishloq | |
2 ta tuxum | |
0,5 bog' shivit | |
80 gramm un | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
1 Sharhlar Hide Comments
Ichi yaxshi pishadimi? chunki pishmagan kartoshka va piyoz borku?