fbpx
Videoretsept: oshirma xamirdan tayyorlangan jemli rulet

Videoretsept: oshirma xamirdan tayyorlangan jemli rulet

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oilaviy choy ichishlar uchun doimo jemli rulet pishirish mumkin, hoxush bo’lsa bas. Bunday pirogdan hatto ko’z uzish qiyin.

Mayin yumshoq, do’mboq va ishtahaochar bo’lib, hamda qizarib pishadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 500 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 millilitr iliq sut
2 ta tuxum
6 gramm quruq xamirturush
150 gramm shakar
100 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq vanil shakari
800-900 gramm un
200 gramm quyuq jem
Qadam 1
Tugallandi

Idishga iliq sut, xamirturush, shakar va vanil shakari solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra o'simlik yog'i va tuxum solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hosil bo'lgan massaga unni yarimini solib, yaxshilab aralashtiramiz. So'ngra qolganini ham oz-ozdan solib, xamir qoramiz. Yumshoq xamir hosil bo'lishi lozim.

Qadam 4
Tugallandi

Idishni o'simlik yog'i bilan yog'lab, xamirni solamiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga 40 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oshgan xamirni pergament qog'ozi ustida 0,2 sm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pirogning o'rtasiga jem solib, tekkislaymiz. Rulet shaklida o'rab, videoda ko'rsatilganidek 1,5 - 2 sm qalinlikda kesib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ngra ustiga sochiq yopib, 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tingan pirogni pergament qog'ozi biln birgalikda gaz pechi patnisiga joylashtirib, tuxum surtamiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-35 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1,5 soat
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 millilitr iliq sut
2 ta tuxum
6 gramm quruq xamirturush
150 gramm shakar
100 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq vanil shakari
800-900 gramm un
200 gramm quyuq jem
oldingi
Kefirdan tayyorlangan tuxum va ko’k piyozli pirojkalar
keyingi
Videoretsept: bayramona osh va ayron

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.