fbpx
Videoretsept: olchaga ega shokoladli keks

Videoretsept: olchaga ega shokoladli keks

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • glazuri uchun

Yo’nalishlar

Biz olchaga ega  shokoladli keks tayyorlashni taklif qilamiz – bu ozgina olcha nordonligi va shokolad ta’mi bilan to’yingan juda mazali keks.

Keks – bu kutilmagan mehmonlar uchun yoki yaqinlaringizga choy uchun tezda biror narsa tayyorlash kerak bo’lganda mos keladigan pishirish turi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 52 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
150 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
150 gramm shakar
2 choy qoshiq vanil shakari
3 ta tuxum
100 gramm qora shokolad
50 millilitr sut
200 gramm un
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
250 gramm danagidan tozalangan olcha
glazuri uchun
100 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq kakao kukuni
50 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
Qadam 1
Tugallandi

Sariyog'ni shakar va vanil shakari bilan aralashtiramiz. Tuxum sarig'ini solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Shokoladni eritib, sariyog'li massaga quyamiz, so'ngra sut quyib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qabrtma qo'shib, elangan unni solib, aralashtiramiz. Xamir quyuq bo'lishi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Alohida tuxum oqini ko'pirtirib, ehtiyotkorlik bilan xamirga solamiz. Oldin ⅓ qismini, so'ngra qolganini solib, ehtiyotkorlik bilan tepadan pastga qilib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Danagidan ajratilgan rezavor mevalarni solamiz. Agar mevalar muzlatilgan bo'lsa, unda eritib, suvini to'kib tashlash zarur.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni yog'langan qolipga quyib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga yuboramiz. Tayyor bo'lganini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor keksni qolipdan ajratib, sovutamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Glazur tayyorlaymiz:

Idishga kakaoni elab, shakar ham solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Yaxshilab aralashtirib, quyultirilgan sut solamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Yana yaxshilab aralashtirib, sariyog' solamiz va o'rtacha olovga qo'yamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Aralashtirib turgan holda massa bir xil bo'lishini kutamiz va olovdan olamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Glazurni ozroq sovutib, so'ngra keksga quyamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
150 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
150 gramm shakar
2 choy qoshiq vanil shakari
3 ta tuxum
100 gramm qora shokolad
50 millilitr sut
200 gramm un
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
250 gramm danagidan tozalangan olcha
glazuri uchun
100 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq kakao kukuni
50 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
oldingi
Videoretsept: qaymoqli kulich
keyingi
Merengaga ega qumoq pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.