Qaymoqli qaylaga ega tovuq
Masalliqlar:
-
400 gramm tovuq filesi
-
100 gramm piyoz
-
150 gramm pomidor cherry
-
300 gramm 15-20 % li qaymoq
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
1 choy qoshiq xantal
-
ta'bga ko'ra petrushka
-
50-70 millilitr o'simlik yog'iqovurish uchun
-
6-8 ta Bonduelledan "Korolevskiye" sabzavotli galetalari
Yo’nalishlar
Yorqin cherry pomidorlari va ko’katlar bilan pishirilgan qaymoqli qaylaga ega tovuq – bu taom nafaqat tashqi qiyofasi, ta’mi, balki tayyorlanishining qulayligi bilan ham sizni xursand qiladi.
Biz Bonduelle sabzavotli galetalarini garnir sifatida tayyorlashni taklif qilamiz – bu har qanday asosiy taomga foydali va mazali qo’shimcha bo’la oladi.
Do’konlardan topishingiz mumkin bo’lgan sabzavotli galetalarning katta assortimenti kundalik taomnomangizni mukammal darajada boyitadi!
Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
400 gramm tovuq filesi | |
100 gramm piyoz | |
150 gramm pomidor cherry | |
300 gramm 15-20 % li qaymoq | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
1 choy qoshiq xantal | |
ta'bga ko'ra petrushka | |
50-70 millilitr o'simlik yog'i | |
6-8 ta Bonduelledan "Korolevskiye" sabzavotli galetalari |
Garnir tayyorlaymiz:
Galetalarni eritmasdan pergament qog'oziga terib, qizdirilgan gaz pechiga 15-20 daqiqaga yuboramiz.
Asosiy taomni tayyorlaymiz:
Tovada o'simlik yog'ini qizdirib, yarim halqa shaklida to'g'ralgan piyozni tillarang bo'lgunicha qovuramiz.
Tovuq filesini somoncha shaklida tog'rab tovaga yuboramiz va piyoz bilan yana 2-3 daqiqa qovuramiz.
Cherryni solamiz. Agar mayda bo'lsa, butunligicha, agar yirik bo'lsa, ikkiga bo'lib.
Tuz va murch sepib, istalgan ziravorlarni sepamiz. 1 daqiqa qovuramiz.
Qaymoq solib, 1 daqiqadan so'ng xantal solamiz va barchasini past olovda 5 daqiqa pishiramiz.
Oxirida mayda to'g'ralgan petrushka solib, aralashtiramiz. Ustini yopib, olovdan olamiz. 5 daqiqa tindiramiz.
Masalliqlar:
400 gramm tovuq filesi | |
100 gramm piyoz | |
150 gramm pomidor cherry | |
300 gramm 15-20 % li qaymoq | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
1 choy qoshiq xantal | |
ta'bga ko'ra petrushka | |
50-70 millilitr o'simlik yog'i | |
6-8 ta Bonduelledan "Korolevskiye" sabzavotli galetalari |