fbpx
Rojdestvo yulduzi pirogi

Rojdestvo yulduzi pirogi

Masalliqlar:

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

«Rojdestvo yulduzi» pirogi nafaqat mazali, balki ajoyib ko’rinishga egahamdir. Qiziqarli shakli tufayli yaqinlaringizni hayratda qoldiradi va quvontiradi.

Ushbu pirogni bayram dasturxoniga tortish ayni muddao bo’ladi, ammo siz uni  yilning boshqa paytlarida ham oilaviy choy ichishlar uchun tayyorlashingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi –30 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
7 gramm quruq xamirturush
460-480 gramm un
180 millilitr iliq suv
60 millilitr iliq sut
1 ta tuxum
60 gramm yumshatilgan sariyog'
60 gramm shakar
bir chimdim tuz
asosi uchun
200 gramm rezavor mevalardan tayyorlanilgan jem
bezak uchun shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Idishda xamirturush va 400 gramm unni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Boshqa idishda sariyog' va shakarni ko'pirtirmiz. Tuxum solib, yana ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra ili sut, suv va tuz solib, yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirturushli unni solib, yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni stolga qo'yib, cho'ziluvchan xamir qoramiz. Xamir qo'lga yopishmaydigan bo'lishi zarur.

Qadam 6
Tugallandi

Quruq idishni o'simlik yog'i bilan yog'laymiz. Xamirni solib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz. Issiq joyda 1 soatga qoldiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Oshgan xamirni 4 ga bo'lamiz. Bo'laklarni dumaloq shaklida yoyib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirning birinchi qavatiga malinali jem surtib, ustidan ikkinchi xamirni qo'yamiz va uning ham ustiga jem surtamiz. 3 chi va 4 chi xamirlarni xam shu tarzda qo'yamiz, ammo 4 chi xamirning ustiga jem surtmaymiz.

Qadam 9
Tugallandi

Stakan yordamida pirogning o'rtasini o'lchab, doirani 4 qismga bo'ling, stakandan xamir chetiga qadar kesing. Har 4 chi qismni ikkiga, har 8 chi qismni yana ikkitaga bo'ling. Natijada 16 ta qism hosil bo'lishi kerak.

Qadam 10
Tugallandi

Har 2 ta qo'shni bo'laklarni orqaga aylantirib, yopishtirib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

So'ngra pirogni sochiq bilan yopib, 30 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-30 daqiqa pishirib olamiz. Tayyor pirogga shakar upasini sepishimiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
7 gramm quruq xamirturush
460-480 gramm un
180 millilitr iliq suv
60 millilitr iliq sut
1 ta tuxum
60 gramm yumshatilgan sariyog'
60 gramm shakar
bir chimdim tuz
asosi uchun
200 gramm rezavor mevalardan tayyorlanilgan jem
bezak uchun shakar upasi
oldingi
Videoretsept: «dangasa» medovik
keyingi
Rezavor mevali jemga ega shokoladli kapkeyklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.