fbpx
Videoretsept: «Pavlova» pirojniyi

Videoretsept: «Pavlova» pirojniyi

Masalliqlar:

  • Merenga uchun

  • kremi uchun

Yo’nalishlar

Pavlova desertini kichikroq qilib ham pishirish mumkin, bundan u yanada mazaliroq bo’ladi. Qarsildoq beze mazali krem bilan ajoyib ta’mga ega bo’ladi.

«Pavlova» – mayin, yengil va juda mazali bo’lib, uni ta’tib ko’rib, ta’midan yanada ko’proq bahramand bo’lgingiz kelaveradi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Merenga uchun
3 ta tuxum oqi
150 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq 9% sirka
1 choy qoshiq kraxmal makkajo'xori yoki kartoshka
bezak uchun istalgan rezavor mevalar
kremi uchun
200 gramm quyultirilgan sut
200 gramm qaymoq 45 % li
Qadam 1
Tugallandi

Merenga tayyorlaymiz:

Chuqur idishda tuxum oqini yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra shakar upasini qo'shib, qattiq pik holiga kelgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Oxirida kraxmal va sirka solamiz. Yana 30 soniya ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bezeni "yopiq yulduz" nomli nasadkali qandolat qopchasiga solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Gaz pechi patnisiga oltita ichi chuqur savatcha quyamiz (videoda ko'rsatilganidek) va konvektsiya rejimi yoqilgan 100 C qizdirilgan mini pechga 90 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz:

Sovuq qaymoqni qattiq pik holiga kelgunicha ko'pirtiramiz. Quyultirilgan sut solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

Konditer qopchasiga solib, kremni har bir merenga ichiga quyib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pirojniylarni ta'bga ko'ra bezatamiz. Rezavor mevalar, shokolad va hokazo.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 100 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Merenga uchun
3 ta tuxum oqi
150 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq 9% sirka
1 choy qoshiq kraxmal makkajo'xori yoki kartoshka
bezak uchun istalgan rezavor mevalar
kremi uchun
200 gramm quyultirilgan sut
200 gramm qaymoq 45 % li
oldingi
Videoretsept: oshirma xamirdan mini-pitsalar
keyingi
Videoretsept: pechenyedan tayyorlangan tvorogli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.