fbpx
Videoretsept: pishloq va tvorogli kish

Videoretsept: pishloq va tvorogli kish

Masalliqlar:

  • xamir uchun

  • asosiga

Yo’nalishlar

Yumshoq qumoq xamirga ega ushbu pishloq va tvorogli pirog barchaga manzur kelishi aniq. Uni ham issiq, ham sovuq tarzda dasturxonga tortish mumkin.

Ertalabki bir finjon qahvaga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi. Retseptimizning siri –  faqatgina tabiiy va yuqori sifatli mahsulotlardadir.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
220 gramm un
100 gramm Valio sariyog'i
1 ta tuxum
0,5 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
asosiga
200 gramm tvorog
250 gramm Oltermanni Alkuperäinen pishlog'i
2 ta tuxum
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta shivit shoxchalari
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishga un solib, unga sovuq sariyog'ni qirg'ichdan chiqaramiz. Qo'lda qumoq shakliga keltirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuz va qabartma solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum solib, xamir qoramiz va xamirni dumaloq shakliga keltirib, 30 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Asosi uchun tvorog va qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxum, pressdan chiqarilgan sarimsoqpiyoz va ko'katlar solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir yoyamiz, xamirni 2 ta pergament qog'ozi o'rtasida yoygan osonroq. So'ngra o'qlov yordamida xamirni qolipga o'tkazamiz. Qolipning diametri 24-25 sm, qolipingiz yechiladigan bo'lsa, qulayroq bo'ladi.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni sanchqi yordamida teshib chiqib, asosini solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 45-50 daqiqaga yuboramiz.

Pirogni ham sovuq, ham issiq holida dasturxonga tortish mumkin. Yoqimli ishtaha!

Qadam 9
Tugallandi

Valio kompaniyasining mahsulotlari Korzinka.uz supermarketi tarmoqlarida quyidagi narxlarda mavjud;

  • Oltermanni pishlog'i - 31 790 so'm
  • Oltermanni pishlog'i 17% - 32 990 so'm
  • Sariyog' - 24 590 so'm
  • Narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi

*Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
220 gramm un
100 gramm Valio sariyog'i
1 ta tuxum
0,5 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
asosiga
200 gramm tvorog
250 gramm Oltermanni Alkuperäinen pishlog'i
2 ta tuxum
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta shivit shoxchalari
oldingi
Videoretsept: «Maxroviy» torti
keyingi
Kartoshka va yashil no’xotli omlet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.