Videoretsept: Shokoladli maffinlar
Masalliqlar:
-
Quruq masalliqlar:
-
250 gramm un
-
200 gramm shakar
-
2 choy qoshiq qabartma
-
150 gramm shokoladli tomchilar yoki oddiy shokolad
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
Suyuq masalliqlar
-
1 dona tuxum
-
100 gramm o'simlik yog'i
-
180 millilitr sut
Yo’nalishlar
Maffinlar – bu uncha katta bo’lmagan kekschalar bo’lib, ular butun dunyoda sevib iste’mol qilinadi. Ularning ichi juda yumshoq, usti esa qarsildoq bo’lib pishadi. Ularni qanday tayyorlashni gapirib beramiz va ko’rsatamiz.
Biroz nazariya haqida gapiradigan bo’lsak, pazandachilikdagi asosiy 5 ta mahsulotni (tuxum, shakar, yog’, suyuqlik, un) to’g’ri aralashtirish orqali, har xil xamirga ega bo’lamiz. Masalan, sariyog’ bilan shakarni ko’pirtirsak keks xamirini, tuxum bilan unni aralashtirsak biskvit xamirni, muzdek sariyog’ va unni aralashtirsak esa umuman boshqacha xamirni hosil qilamiz. Har birini to’g’ri bajarishning o’z qonun-qoidalari mavjud. Masalan bugungi maffinlar tayyorlashda quruq va suyuq masalliqlarni to’g’ri aralashtirishni gapirib beramiz. Bu usuldan ko’pincha quymoqlar tayyorlashda ham foydalanamiz. Kelinglar, endi batafsilroq tushuntirsak:
Bu usuldan nimalar pishirishda foydalaniladi?
– Maffinlar, nonning ayrim turlari va quymoqlar tayyorlashda.
Qanday qilinadi?
– Quruq masalliqlar bari alohida, suyuq masalliqlar alohida aralashtiriladi. So’ng suyuq aralashma quruq massa ustidan solinadi va aralashtiriladi.
Bunday usulda tayyorlangan xamir qanday holatda bo’ladi?
– Bu usulda aralashtirilgan massa anchagina qo’polroq, ya’ni unchalik silliq bo’lmaydi.
Nima uchun deysizmi?
– Maffinlar uchun mo’ljallangan xamir oddiy keksga nisbatan ko’proq suyuqlikni tashkil qiladi. Agarda suyuq mahsulotni birdan un bilan aralashtirsak, xamir unchalik yaxshi aralashib ketmaydi va biz uni ko’proq aralashtirishga majbur bo’lamiz. Esalab qolin, uzoq muddat aralashtirilgan xamirdan pishirilgan maffinlar ko’tarilmaydi va ichi qattiq bo’lib qoladi. Shuning uchun xamirni tezda aralashtirish kerak. Masalliqlarni hech qachon silliq holatga kirgunicha aralashtirmang. So’ng bu xamirni yuqori darajada pishiramiz, shundagina maffinlar usti shishib qalpoqcha hosil bo’ladi va ichi namligicha qolaveradi.
Maffinlarni maxsus qoliplarda pishirin. Ularni Home Marketdan, Mixer do’konidan topishingiz mumkin. Ular uchun qog’ozli qolipchalarni esa hozirda xohlagan supermarketlardan topishingiz mumkin .
Masalliqlar:
Quruq masalliqlar: |
|
250 gramm un | |
200 gramm shakar | |
2 choy qoshiq qabartma | |
150 gramm shokoladli tomchilar yoki oddiy shokolad | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
Suyuq masalliqlar |
|
1 dona tuxum | |
100 gramm o'simlik yog'i | |
180 millilitr sut |
Idishga barcha quruq masalliqlar: un, shakar, qabartma, tuz solamiz va qoshiqda aralshtiramiz.
Ikkinchi idishga suyuq masaliqlarni solamiz - tuxum, sariyog', tuz.
Suyuq aralashmani quyuq massaga solamiz, bu juda muhim! Aralashtiring faqat darhol. Un namlansa bo'ldi, silliq bo'lishi kerak emas.
Shokoladni solamiz, aralashtiramiz va qolipchalarga solamiz. Usti shishib qalpoqcha hosil bo'lishini istasangiz, xamirni qolipga deyarli to'ldirib soling.
15-20 daqiqa davomida 205 C da pishirib oling. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Quruq masalliqlar: |
|
250 gramm un | |
200 gramm shakar | |
2 choy qoshiq qabartma | |
150 gramm shokoladli tomchilar yoki oddiy shokolad | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
Suyuq masalliqlar |
|
1 dona tuxum | |
100 gramm o'simlik yog'i | |
180 millilitr sut |