O’zbekcha «Piyova» piyozli sho’rvasi
Masalliqlar:
-
500 gramm mol go'shtisuyakli bo'lsa ham bo'ladi
-
700 gramm oq rangli piyoz
-
100 millilitr o'simlik yog'i
-
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
bir chimdim maydalangan kashich
-
bir chimdim zira
Yo’nalishlar
Yaqinlaringizga ma’qul keladigan ko’p paytlardan beri tayyorlanmaydigan, ammo juda mazali taom. O’zbekcha «Piyova» piyoz sho’rvasi mashhur fransuz piyozli sho’rvasidan qolishmaydi.
Ushbu sho’rva kuchli boy ta’mga ega, u juda to’yimli va mazali.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shti | |
700 gramm oq rangli piyoz | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
bir chimdim maydalangan kashich | |
bir chimdim zira |
Qozonda o'simlik yog'ini qizdirib, katta bo'laklarga bo'lingan go'shtni qovurib olamiz. 4-5 daqiqa qizargunicha qovurib, so'ngra 200 millilitr suv quyib, qozon qopqog'ini yopgan holda pishiramiz.
Piyozni ingichka yarim halqa shaklida to'g'rab, go'shtni suvi bug'lanib ketganidan so'ng, uni qozonga solamiz.
Go'sht va piyozni past olovda qozon qopqog'ini yopgan holda 30 daqiqa qovuramiz. Piyoz jigarrangdan ochroq tusga kirishi kerak. Ammo kuyib ketmasligi uchun vaqti-vaqti bilan aralashtirib turamiz.
So'ngra qozonga 2 litr suv solib, ziravorlarni sepamiz. Sho'rvani o'rtacha holda qaynatib, 50-60 daqiqa pishiramiz.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shti | |
700 gramm oq rangli piyoz | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
bir chimdim maydalangan kashich | |
bir chimdim zira |