fbpx
Videoretsept: tez tayyorlanadigan tvorogli pirog

Videoretsept: tez tayyorlanadigan tvorogli pirog

Masalliqlar:

  • tvorogli asos uchun

Yo’nalishlar

Sizga oddiy va tez tayyorlanadigan tvorogli pirog retseptini taqdim etamiz. Ushbu pirogni hattoki boshlang’ich pazandalar ham tayyorlay oladilar. Tvorogli pirogni tayyorlash uchun sizdan kam vaqt va kuch ketadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
120 gramm shakar
300 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma
20-30 gramm kakao kukuni
200 gramm margarin yoki sariyog'
tvorogli asos uchun
600 gramm 5 % li tvorog
200 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
2 ta tuxum
3 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
Qadam 1
Tugallandi

Kakao kukuni, shakar, un va qabartmani aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unli massaga sariyog'ni qirg'ichdan chiqaramiz va qo'l bilan ishqalab, un holatiga keltiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosi uchun tvorog, tuxum, vanil shakari va kraxmalni birlashtirib, mikser yordamida yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Toblatma uchun mo'ljallangan 20*35 santimetrli qolipga pergament qog'ozini qo'yamiz va ustiga unli massamizni 1/3 qismini solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Orqasidan tvorogli asosni yarimini quyib, tekkislaymiz. So'ngra yana unli massa-tvorogli asos-unli massa solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 darajada qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqa pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor bo'lgab pirogni sovutib, bo'laklarga bo'lamiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
reklama huquqi asosida

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 12
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
120 gramm shakar
300 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma
20-30 gramm kakao kukuni
200 gramm margarin yoki sariyog'
tvorogli asos uchun
600 gramm 5 % li tvorog
200 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
2 ta tuxum
3 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
oldingi
Pulyar quymog’i
keyingi
Qurabiya pechenyelari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.