Shokoladli pechenyelar
Masalliqlar:
-
145 gramm un
-
125 gramm sariyog'
-
80 gramm shakar upasi
-
20 gramm kakao kukuni
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
Glazuriga:
-
100-120 gramm shakar upasi
-
2 osh qoshiq kakao kukuni
-
2-3 osh qoshiq qaynoq suv
Yo’nalishlar
Shokoladli pechenyelarni xush ko’ruvchilarga bugungi ajoyib retseptimizni siz azizlarga taqdim etamiz.
Bunday pechenyelarni tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi va bir piyola issiq choy bilan juda yaxshi iste’mol qilinadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
145 gramm un | |
125 gramm sariyog' | |
80 gramm shakar upasi | |
20 gramm kakao kukuni | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
Glazuriga: |
|
100-120 gramm shakar upasi | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
2-3 osh qoshiq qaynoq suv |
Xona haroratida yumshagan sariyog' ustidan vanil shakari va shakar upasini sepamiz. Aralashtirib olamiz. Ustidan tuz va tuxum oqini ham solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Ustidan kakao kukunini sepamiz.
Ustidan unni elab solamiz va yumshoq, qo'lga yopishuvchan xamir qorib olamiz.
Xamirni yelim xaltaga solamiz va 10 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
So'ng xamirni olib, kolbasasimon shaklga keltiramiz. Uni oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 2 soat yoki iloji bo'lsa bir kechaga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Tingan xamirni 1 sm qalinlikda kesib chiqamiz.
Kesilgan xamir bo'laklarini pergament qog'oz ustidan terib chiqamiz va 180 C darajada qizigan pechda 8-10 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Masalliqlar:
145 gramm un | |
125 gramm sariyog' | |
80 gramm shakar upasi | |
20 gramm kakao kukuni | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
Glazuriga: |
|
100-120 gramm shakar upasi | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
2-3 osh qoshiq qaynoq suv |