Dolchin va kakaoli rogaliklar
Masalliqlar:
-
200 gramm un
-
200 gramm tvorog
-
100 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq shakar
-
bir chimdim tuz
-
Sepish uchun:
-
70 gramm shakar
-
2 choy qoshiq kakao
-
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
Yo’nalishlar
Usti qarsildoq, ichi esa yumshoqina bo’lib chiqadigan mana bunday rogaliklarni kakao va dolchin solib pishirdik. Shuningdek, tayyorlash jarayoni ham juda tez va osondir.
Bunday xushbo’y isli pishiriq sizga Yangi yil bayrami yaqinlashayotganidan darak beradi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm un | |
200 gramm tvorog | |
100 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq shakar | |
bir chimdim tuz | |
Sepish uchun: |
|
70 gramm shakar | |
2 choy qoshiq kakao | |
2 choy qoshiq maydalangan dolchin |
Tog'orachaga tvorog, xona haroratida yumshagan sariyog' va 1 choy qoshiq shakar solamiz. Aralashtirib olamiz.
Ustidan un, qabartma va tuzni solib, yumshoq, ammo qo'lga yopishmaydigan xamir qorib olamiz (bunda un ko'proq yoki kamroq sarflanishi mumkin). Xamirni yelim xaltaga solib, 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Xamirni stol ustiga qo'yib, 1 sm qalinlikda aylana shaklda yoyib olamiz. Shakar, dolchin va kakaoni aralashtirib, xamir ustidan sepamiz.
So'ng o'qlov bilan xamirni yana 3-4 mm yupqalikka kirgunicha yoyib olamiz.
So'ng, xamirni 16 ta sektor(bo'lak)ga bo'lib, pichoq bilan kesib chiqamiz.
1 Sharhlar Hide Comments
Toshkent