fbpx
Bananli qatlamachalar

Bananli qatlamachalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tayyor qatlamali xamir va bananlardan 15 daqiqada tayyorlash  mumkin bo’lgan mazali yegulik retseptiga ahamiyat bering.

Bu retsept ayniqsa kutilmagan mhmonlar tashrif buyurganda yoki kun bo’yi ishlaydigan ayollarimizga juda asqotadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
2 ta banan
3 choy qoshiq shakar
1 dona tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Xamirni 3-4 mm qalinlikda, to'rburchak qilib yoyib olamiz. So'ng undan 8 ta to'rtburchaklar kesib chiqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bananlarni avval uzunasiga, so'ng esa eniga ikkiga bo'lib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirlarning to'rttasiga bananlardan terib chiqamiz. Qolgan to'rtasini o'rtasini tilimlarga bo'lib chiqamiz va bananli xamirlarni ustini yopib chiqamiz. Shunda bizda to'rtta qatlamachalar hosil bo'ladi. Chetlarini esa sanchiq yordamida yopishtirib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qatlamachalarga tuxum sarig'idan surtamiz va shakar sepamiz. 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
2 ta banan
3 choy qoshiq shakar
1 dona tuxum sarig'i
oldingi
Dimlama
keyingi
Nokli qatlamachalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.