Kokosli parhezbop pechenyelar
Masalliqlar:
-
50 gramm kokos qirindisi
-
200 gramm tvorog
-
2 ta tuxum
-
50 gramm un
-
4 choy qoshiq steviyayoki shakar
Yo’nalishlar
Parhez tutuvchilar uchun mana bunday pechenyelar juda asqotib, ayniqsa juda tez tayyorlanilishi va kamxarjligi bilan ularni xursand ham qiladi. Shuningdek kokos qirindisi antioksidant xususiyatga ega bo’lib, ichaklarning faoliyatini yaxshilar ekan.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
50 gramm kokos qirindisi | |
200 gramm tvorog | |
2 ta tuxum | |
50 gramm un | |
4 choy qoshiq steviya |
Tog'orachaga barcha masalliqlarni solib, xamir qorib olamiz.
Xamirni yoyib, undan xohlagan shakllar kesib chiqamiz va pergament qog'oz to'shalgan patnis ustiga terib chiqamiz.
180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
50 gramm kokos qirindisi | |
200 gramm tvorog | |
2 ta tuxum | |
50 gramm un | |
4 choy qoshiq steviya |